30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:08
Jamiyat 👁 1,218

Tilni saqlash odobi

Tilni saqlash odobi

Bismillahir rohmanir rohiym!

Har qanday odamning tafakkur doirasini, odobi va axloqini, uning maʼnaviy borligʻini suhbatidan, tilidan anglab olsa boʻladi.

Alloh tomonidan til va aql degan bebaho neʼmat inson jismida yaratilibdiki, ushbu vosita bilan insonlar oʻzaro muloqot, musohaba va boshqa insoniy munosabatlarini amalga oshiradilar.

Baʼzan suhbatlar asnosida nooʻrin iboralarni bilib-bilmay ishlatish oqibatida oʻzaro kelishmovchiliklar yuzaga kelib, kimningdir nojoiz bir ogʻiz soʻzidan boshimizga ogʻir fitna-fujurlar yogʻilishi ham mumkin. Xalqimiz orasida “Oshning taʼmi tuz bilan, odamning taʼmi soʻz bilan”, degan maqol bejiz aytilmagan.

Aqlli inson qanday joyda boʻlmasin, tiliga erk bermasdan, koʻproq eshitib va oz gapirib, sabr-u toqat bilan oʻtirishi maqbul odoblardan hisoblanishini ulugʻlarimiz ilgaridan bizlarga oʻrgatganlar. Masalan, Nabiy (s.a.v): “Yaxshilikni aytib, foyda koʻrgan yoki sukut saqlab, salomat boʻlgan kishiga Allohning rahmati boʻlsin”, deganlar. Ali ibn Abu Tolib (r.a) aytadilar: “Til nodonlik va adashtiruvchi, aql esa toʻgʻrilovchi meʼyoriy oʻlchovdir”.

Albatta, jamoatda sukut saqlash, bu yuksak darajadagi odoblilik koʻrinishi boʻlib, mabodo, olim yoki nodon va johil odam boʻlsang-da, oʻtirishlar jarayonida sukut saqlay olganing boisidan ham ahli jamoat seni: “bu juda dono kishi ekan”, deb yuksak eʼtiborga loyiq koʻrishi mumkin.

Kishi kundalik hayotining asosiy qismini mehnat qilish, tahsil olish va boshqa jamoat ishlari bilan oʻtkazadi. Ushbu jarayonlarda yaxshi doʻstlar va shirin soʻz, fahm-u farosatli hamsoyalar, kasbdoshlar, qolaversa, umr yoʻldoshining, farzandlarining oʻzaro muomaladagi mehr-u oqibati, izzat va hurmati insonning huzur-halovatda, armonsiz yashashiga, qolaversa, koʻp umr koʻrishiga ham sababchi boʻlishi ulugʻlarimiz tomonidan sinab koʻrilgan hayotiy mujdalardan hisoblanadi. Baʼzi insonlarning manmanligi, qoʻpol muomalasi, oʻzini bilimdon sanab, baland kelishi va koʻpchilikni mensimasdan gapirishlari insonlarning asabiga salbiy taʼsir koʻrsatib, kayfiyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Shu yerda kundalik hayotimda, jamoat orasida uchratgan baʼzi bir zamondoshlarimizning oʻzaro munosabatlaridagi xatti-harakatlaridan bir misol keltirib oʻtishni maʼqul koʻrdim: oʻz umrining aksariyat qismini maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda, masʼul lavozimlarda ishlab oʻtkazgan, yoshi mendan uch-toʻrt yosh katta bir tanishimni elning maʼrakasida uchratib qolib, barcha qatori u bilan ham qoʻl berib salomlashib soʻrashdik. U kishi menga qandaydir istehzoli bir qarashda: “Qodirbergan, katta yigit boʻldingmi?”, – deb soʻrashdi. Men oʻz navbatida unga: “shukur, alhamdulillah”, – deb javob qaytardim. Ammo bu odamning yoshim 70 dan oʻtgan bir pallada men bilan bunday sensirab soʻrashishining tub sababini oʻzimcha aniqlay olmasdan, oʻsha voqea esimga tushsa, biroz asabim buziladi. Sababi, mening u inson bilan yaqin oshnachiligim boʻlmagan, umrim bino boʻlib, biron marta u bilan hazil-mutoyiba qilganligimni eslay olmayman. Bunday misollarning bir-nechalarini keltiraverishimiz mumkin, ammo zarurati ham yoʻq. Mashhur rus yozuvchisi F.M.Dostoyevskiy: “Agar sen maqsadga qarab ketayotgan boʻlsang va yoʻlda senga akillayotgan har bir itga tosh otish uchun toʻxtab yursang, unda sen hech qachon koʻzlagan maqsadingga yeta olmaysan”, – deganlar.

Odamlar bilan suhbatlashish jarayonlarida biz oʻzimizning hissiyotimizni, aql-idrokimizni oʻz vaqtida qattiq jilovlab, takomillashtirib borishimiz zarur. Aksincha, oramizda bizga zamondosh boʻlib kelayotgan baʼzi bir nodon, noshud kimsalarning salbiy taʼsiridan oʻzimizni jilovlay olmaganligimiz sababli maʼnaviy yoʻlimizdan adashib, pok insoniy qiyofamizdan ozishimiz ham mumkin. Shu boisdan ham har kim oʻziga mos va xos boʻlgan maslakdosh, suhbatdosh, doʻst-u birodarlar tanlashi, izlashi tabiiy holdir.

Uch yuz “Koʻhi qof” ni kelida tuymoq,

Dil qonidin bermoq falakka boʻyoq.

Yoinki, uch yuz yil zindonda yotmoq,

Nodon suhbatidan koʻra yaxshiroq.

Hatto, hazrat Pahlavon Mahmuddek ulugʻ valiullulloh zotlar ham nodonlar va nomardlarning dastidan, ular suhbatidan ozurda qolib yuqoridagi baytlarini bitgan boʻlsalar ne ajab.

Qadimiy odobnoma dasturlarida soʻzlashning toʻrtta sharti borligi tilga olinadi:

- soʻzlashga aynan undaydigan sabab boʻlishi, bu sabab soʻzlovchiga biron bir foyda keltirishi yoki biron bir zararni qaytarishi shart;

- soʻzni oʻz oʻrnida va qulay fursatda gapirishi;

- soʻzning ehtiyoj miqdorini bilishi va kifoyalanishi;

- aytiladigan soʻzni oldin tinglay bilishi va ushbu toʻrtala shartlarga suhbat asnosida qattiq rioya qilgan boʻlishi shart.

Har bir gapiruvchi kishi manfaatli boʻlgan soʻzlardan tashqari, qolgan barchasida tilini tiymogʻi lozim. Gapirish va gapirmaslik “manfaatda barobar” boʻlib qolsagina gapirish sunnat hisoblanadi. Chunki suhbat asnosida baʼzan “muboh” soʻzlar “harom”ga yoki “makruh”ga olib borishi ham uchrab turadi. Bundan saqlanish uchun tilimizga erk bermasdan yetuk va ilmli kishilarni tinglab oʻtirganimiz odobdan hisoblanadi.

“Qobusnoma”da Kaykovus oʻgʻliga nasihat qilib: “xalq oldida gapiradigan soʻzing goʻzal boʻlsin, bu soʻzingni xalq istab qabul qilsin. Xaloyiq soʻzlaringdan sening baland darajalarga yetishganingni bilib olsin, chunki kishining martabasini uning soʻzidan ham biladilar”, deydilar. Yana shuningdek: “har bir soʻzga quloq sol, qaysarlik va tezbozlik qilma. Oʻylamasdan soʻzlama. Har bir soʻzingni oʻylab gapirsang, keyin pushaymon boʻlmaysan. Boshqalarning soʻzini eshitishni kanda qilma. Mayli, u soʻz senga foydali boʻlsin yoki befoyda, ammo sen uchun soʻz eshiklari yopilib qolmasin va soʻzning foydasi tamom boʻlmasin. Har qanday joyda “sovuq” soʻz soʻzlamagin... Koʻp bil-u, oz soʻzlagin. Aqlli kishi koʻp soʻzlamaydi. Jim oʻtirish ham salomatlikka koni foydadir”, deyiladi.

Inson qayerda boʻlmasin, mansabi, mavqei, shaxsiy boyligi yoinki katta yoki kichik yoshdaligi, shaxsiy kuch-quvvatidan qatʼiy nazar, umummilliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda, xalqimizning milliy merosi boʻlgan odob dasturlarimizga astoydil rioya qilishi shart.

Qodirbergan hoji Jumamuratov,

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi,

mehnat faxriysi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026