30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:37
Fan va taʼlim 👁 1,045

YeTUK VA BAPKAMOL AVLODNI TAPBIYaLASh – BOSh MAQSADIMIZ

YeTUK VA BAPKAMOL AVLODNI TAPBIYaLASh – BOSh MAQSADIMIZ

Bilim dunyosi maktab ostonasidan boshlanadi. Unga ilk bor qadam qoʻygandanoq, har bir bola bu dunyoning gʻaroyibligini his qiladi va undagi siru-sinoatlarni kashf qilishga intiladi.

Mana shunday ulugʻ dargohlardan biri boʻlgan 40-sonli umumtaʼlim maktabimizda bugungi kunda 84 nafar oʻqituvchi 1 ming 250 nafardan ziyod oʻquvchiga taʼlim va tarbiya berib kelmoqda. Oʻqituvchilarning 80 nafari oliy maʼlumotli, 6 nafari oliy toifali pedagoglardir. Bu yil maktabimizda 3 ta 11-sinf va 3 ta 10-sinf tashkil etilgan boʻlib, 11-sinflarda 77 nafar oʻquvchi, 10-sinflarda 92 nafar oʻquvchi oʻqishni davom ettiradilar.

Maktabimizda barcha fanlar boʻyicha darslar noanʼanaviy va anʼanaviy usullarda, yangi pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Oʻquvchilarning qiziqishlari va qabul qilishlariga qarab tanlanayotgan dars oʻtish uslublari oʻzining ijobiy samarasini berib, maktabimiz nafaqat tuman miqyosida, Qoraqalpogʻiston va mamlakat miqyosida ham koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritmoqda.

2017-2018 oʻquv yilida “Bilimlar bellashuvi”da maktabning 31 nafar oʻquvchisi faol ishtirok etib, oʻrtacha 82,8 ball toʻplagan holda, oʻrtacha samaradorlik boʻyicha tuman bosqichida birinchi oʻrinni egalladilar.

Oʻz salohiyatini koʻrsatgan oʻquvchilarimizdan ona tili fani boʻyicha 5-sinf oʻquvchisi Matluba Matchonova ikkinchi, 6-sinf oʻquvchisi Dilnoza Bozorboyeva birinchi, rus tili fanidan 6-sinf oʻquvchisi Mavjuda Oʻtamurodova ikkinchi, 8-sinf oʻquvchisi Kamola Kamolova uchinchi, ingliz tili fani boʻyicha 7-sinf oʻquvchisi Kommuna Pajabboyeva ikkinchi, matematika fanidan 7-sinf oʻquvchisi Shohruh Yoʻldoshev ikkinchi, biologiya fanidan 7-sinf oʻquvchisi Goʻzal Sobirova uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.

Maktabimizning 8-sinf oʻquvchisi Zebuniso Jononbekova kimyo fanidan tumanda birinchi, Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrin sohibasi boʻldi.

Fanlar olimpiadasida 9-sinf oʻquvchilari Mahbuba Oʻtamurodova biologiya fanidan, Mohira Shukurullayeva fizika fanidan, Muqaddam Xudoyberganova kimyo fanidan tumanda birinchi oʻrinni oldilar. Mahbuba Oʻtamurodova va Mohira Shukurullayevalar maktab oʻquvchilari orasida oʻtkazilgan Innovatsion olimpiadada va Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston bosqichida faxrli ikkinchi oʻrinni egalladilar.

10-sinf oʻquvchilari Toʻlgʻonoy Saʼdullayeva biologiya, Barno Murodboyeva kimyo, Oxunjon Sobirov ona tili fanidan tuman va Qoraqalpogʻiston bosqichlarida qatnashdilar.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilib kelinayotgan “Umid nihollari” sport musobaqasida shaxmat boʻyicha bellashgan maktabimizning 10-sinf oʻquvchisi Aziza Oʻrinboyeva Qoraqalpogʻiston chempioni boʻldi va oltin medal bilan taqdirlandi. Boks boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda oʻz mahoratini koʻrsatgan oʻquvchimiz Amirbek Gʻafforov ham Qoraqalpogʻiston bosqichida 1-oʻrin gʻolibi boʻldi.

Maktabdagi Mehribon Pahimova, Pahim Oʻrozimbetov, Paʼno Nurmatova, Zulfiya Doʻstliyeva, Amina Allaniyazova kabi tajribali ustozlar qatorida yosh va iqtidorli, yaqinda ish boshlagan, chuqur bilimga ega oʻqituvchilarimizdan matematika fani oʻqituvchisi Sherzod Ashirov “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” tanlovida tumanda birinchi, Qoraqalpogʻistonda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Iqboloy Yusupova esa Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan oʻtkazilgan “Yosh kitobxon” tanlovida 20-30 yoshdagilar toifasida ishtirok etdi va tanlovning tuman bosqichida 1-oʻringa ega boʻlib, Ittifoqning tuman Kengashi tomonidan planshet bilan taqdirlandi. Shu tanlovda oʻz yosh toifasida ishtirok etgan oʻquvchimiz Oxunjon Sobirov 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Maktablar oʻrtasida oʻtkazilgan “Kitobxon maktab” tanlovida maktabimiz jamoasi tumanda 1-oʻrin, Qoraqalpogʻistonda esa 3-oʻrinni egallab, “Yosh kitobxonlar” tanlovining tuman va Qoraqalpogʻiston bosqichlari gʻolibi boʻldilar.

Maktabda tarbiyaga ham alohida eʼtibor qaratilib, maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda. Seminar-treninglarga oʻquvchilardan tashqari, ota-onalar ham jalb etilib, asosan oiladagi tarbiya, ota-onaning oʻrni, yoshlar oʻrtasidagi jinoyatchilikning oldini olish, oʻsmirlar ruhiyatidagi oʻzgarishlar, “ommaviy madaniyat” taʼsiridan saqlash, kasbga yoʻnaltirish kabi mavzular boʻyicha maʼruzalar va savol-javoblar oʻtkazilib borilmoqda.

Obodonlashtirish va sarishtalikka eʼtibor qaratish ham tarbiyaning bir boʻlagi. Oʻquvchilar boʻsh vaqtlarida foydali mehnat bilan shugʻullanib, maktab atrofidagi oʻzlari oʻtqazgan koʻchat va gullarni parvarishlaydi. Maktabimizda “Ustozlar bogʻi” barpo etildi. Oʻqituvchilar tomonidan oʻtqazilgan 100 dan ziyod koʻchatlar hozir hosilga kirib, meva bermoqda. Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining maktabimizdagi yetakchisi Pavshan Peyimov va 9-sinf bitiruvchilari tashabbusi bilan “Yoshlar bogʻi” ham tashkil etildi.

Biz pedagog-oʻqituvchilar oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalashni maqsad qilganmiz va buni amalga oshirish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimni Mustaqillik bayrami va Bilimlar kuni – yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan chin dildan tabriklayman!

Sanobar XOʻJAMUPODOVA, 40-sonli maktab direktori,

xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026