"Amudaryo paxta tozalash" AJda mustaqillik bayrami keng nishonlandi
Jonajon Vatanimizda istiqlolimizning 27-yilligiga bagʻishlangan bayram tantanalari, tadbirlar oʻtkazilmoqda. Yurtimiz ahli koʻtarinki ruh va zavq-shavq bilan mustaqillik bayramini keng nishonlamoqda.
30-avgust kuni tumaniizdagi “Amudaryo paxta tozalash” hissadorlik jamiyatida ham bayram munosabati bilan katta tadbir oʻtkazildi. Hissadorlik jamiyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan tashkillashtirilgan bayram tadbiriga “Qoraqalpogʻiston mintaqaviy paxta terminali” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktorining birinchi oʻrinbosari Nurlibek Aliyev, bosh hisobchisi Baxtiyor Murodovlar tashrif buyurdilar.
Bayram tadbirini “Amudaryo paxta tozalash” hissadorlik jamiyati bosh direktori Sardorbek Sultonov ochdi va barchani bayram bilan qutladi. Shuningdek, Nurlibek Aliyev, Baxtiyor Murodov hamda jamiyat kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Bahodir Ibragimovlar ham barchani qizgʻin tabrikladi hamda faol ishchilarga “Oʻzpaxta sanoat”, “Amudaryo paxta tozalash”HJ, “Qoraqalpogʻiston mintaqaviy paxta terminali” MChJlarning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalar topshirdilar.
Bayram tadbirida musiqiy dastur ham namoyish etildi va barchaga koʻtarinki kayfiyat bagʻishladi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶