28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:51
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,935

SERQIRRA VA JOʻShQIN FAOLIYaT SOHIBI

SERQIRRA VA JOʻShQIN FAOLIYaT SOHIBI

Ziyolilar oilasidan yetishib chiqqan tumanimizning yetakchi tadbirkor fermerlaridan biri Erkin Rasulovning tumanimizda, qolaversa, oʻzi rahbarlik qilayotgan "Amudaryo-Panasham” fermer xoʻjaligida hurmati va obroʻsi gʻoyat baland. Negaki, u har bir ishni puxta rejalashtirib, ishga kirishadi. Hech qachon naf bermaydigan, xom-xatala, pala-partish ishlarga qoʻl urmaydi. Shoshma-shosharlik, hovliqmachilik ishning belidan tepishini, pand berishini yaxshi biladi. "Har bir ishni puxta oʻylab boshlash va qoyillatib oxiriga yetkazish kerak. Toki, qilgan va qilayotgan ishingdan koʻngling toʻq, ishonching komil boʻlsin. Boshqalar ham qoyil qolsin, havas qilsin”, - deydi u bu yilgi qishloq xoʻjalik ishlarning yakunlanishi arafasida.

Ha, u rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligida asosiy va yetakchi tarmoq paxtachilik hisoblanib, har yili paxtadan moʻl hosil yetishtirilib, moʻmay daromad olib kelinmoqda. Har yilgi olinayotgan sof foyda ezgu ishlarga yoʻnaltirilmoqda. Masalan, 2011 va 2012-yil yakunlari boʻyicha olingan sof foyda hisobidan jahon bozorida yuqori baholanadigan Polshaning sut yoʻnalishidagi 7 bosh zotdor sigirlari sotib olinib parvarish qilinmoqda va urugʻlantirishning sunʼiy usulida koʻpaytirilmoqda. Hozirgi kunda bu zotdor sigirlarning bosh soni buzoqlarni ham qoʻshib hisoblaganda 20 boshga yetdi. Binobarin, fermer xoʻjaligida endilikda zotdor molli chorvachilik sohasi boʻy koʻrsata boshladi. Bu esa fermer xoʻjaligining koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligiga aylanayotganidan darak beradi. Shu jumladan, paxtachilik, gʻallachilik pillachilik, asalarichilik va chorvachilik sohalari bir maromda yildan yilga rivojlanmoqda.

Darvoqe, mazkur "Amudaryo-Panasham” fermer xoʻjaligi aslida 1976-yilda tashkil topgan asalarichilik xoʻjaligi negizida boʻy tikladi. Oʻsha 1970 yillar oxiri va 1980-yillar davomida asalarichilik xoʻjaligi asalarichilari har yili 65 tonnadan 80 tonnagacha sifatli asal va asal mahsulotlari yetishtirib, Oʻzbekiston Respublikasida dong taratgan edi.

- Bu muhim tarmoqni kelgusida yanada rivojlantirish rejalarini tuzib qoʻyganmiz. Ayni davrda har yili 1000 ta asalari uyasidan, yaʼni oilasidan 8 tonnadan ziyod asal va asal mahsulotlari yetishtirib el dasturxoniga hadya qilmoqdamiz. Asalarichilikning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlab, bu shifobaxsh mahsulotlarni koʻpaytirish imkoniyatlarini ishga solamiz, - deydi tadbirkor fermer Erkin Rasulov.

U aslida mana shu asalarichilik xoʻjaligining "nonini yeb tishi chiqqan” mutaxassisdir. U 1980-yilda, yaʼni, asalarichilik xoʻjaligining ayni rivojlanib, mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha respublikada yetakchi oʻrinni egallagan davrida xoʻjalikka asalarichi ishchi boʻlib ishga kirdi. Ishning koʻzini bilishi, mehnatsevarligi tufayli keyinchalik xoʻjalikda mexanik, muhandis boʻlib ishladi. 1990-yilda sobiq Toshkent qishloq xoʻjalik institutining iqtisodchi-hisobchi fakultetini ishdan ajralmagan holda muvaffaqiyatli bitirib chiqdi. 2006-yildan eʼtiboran "Amudaryo-Panasham” fermer xoʻjaligini boshqarib kelmoqda. Oʻzidagi qishloq xoʻjalik tarmoqlarini yaxshi bilishi, ishning koʻzini bilib qunt bilan ishlash qobiliyati tufayli fermer xoʻjaligi tumandagi koʻp tarmoqli yetakchi fermer xoʻjaligi safida bormoqda.

- Har yilgidek bu yil ham paxtadan moʻl hosil yetishtirdik. 92 gektar paxta maydonidan 300 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosilini davlat xazinasiga yetkazib berdik. Paxtadan olgan daromadimiz ham 300 million soʻmdan oshdi. Hali paxtazorlarimizda hosil ancha bor. Yigʻim-terim ishlarida har kuni 140-150 terimchi fidoyi mehnat qilmoqdalar. Oqiljon Hayitboyeva, Baxtigul Erlapasova, Gulora Xudoyberganova, Gulandom Qoʻshimova, Akmal Ollamberganov va Ravshanoy Turimbetovalarning har biri mavsum boshidan buyon 7-8 tonnadan paxta terib topshirib "oq oltin” xirmonimizning yuksalishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshmoqdalar. Paxta yigʻim-terim ishlari bilan birga kelgusi yil hosili uchun zamin hozirlashga kirishmoqdamiz. Birinchi navbatda 14 gektar yerga kuzgi bugʻdoy ekib, tekis nihol undirib oldik va toʻla gektarlar hosil qildik, - deydi ishbilarmon tadbirkor fermer Erkin Rasulov biz bilan suhbatda.

Uzoqni koʻzlab, aniq, puxta rejalab ish tutish Erkin Rasulovga xos xususiyatdir. Bu balki rahmatlik otasi, tumanimiz maorifini rivojlantirishga, yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish ishlarini takomillashtirishga, maktab taʼlimini davr talabi darajasiga koʻtarishga salmoqli hissa qoʻshgan, hayotini xalq taʼlimini taraqqiy ettirishga bagʻishlagan, chorak asrga yaqin sobiq Furqat nomli, hozirgi 4-sonli umumtaʼlim maktabi direktori boʻlib ishlagan fidoyi, jonkuyar maʼrifatchi marhum Abdurahmon aka Rasulovdan oʻtgan yaxshi xususiyatdir. Darvoqe, Erkin Rasulovning onasi Sharifa opa Ollanazarova ham hayotini xalq taʼlimiga bagʻishlagan, qirq yilga yaqin 1-sonli umumtaʼlim maktabining boshlangʻich sinf oʻquvchilariga "Alifbo”ni oʻrgatgan ajoyib pedagog, bolalar qalbining zargari boʻldi. U sakkiz nafar farzandni dunyoga keltirgan moʻʼtabar ona, ellik nafarga yaqin nevara-chevaralarning buvisidir.

Bundan ikki-uch yil oldin butun oʻy-xayolini band etgan yangi gʻoya-tuman aholisini parhez tovuq goʻshti bilan taʼminlash gʻoyasi amaliy loyiha rejaga aylandi va oʻtgan 2012-yildan boshlab bu yangi loyihani amalga oshirishga kirishib, "Asakabank”dan 130 ming AQSh dollari miqdorida kredit oldi. Bu kreditning 91 ming dollari Rossiyaning Pitegorskiyselmash zavodidan zamonaviy tovuq ferma ichki jihozlari va elektron asbob-uskunalarini sotib olish uchun, 39 ming dollari Nijne-Novgorod zavodidan broyler tovuqlar uchun maxsus omuxta yem tayyorlaydigan tsex asbob-uskunalarini sotib olish uchun yoʻnaltirildi. Hozirgi kunda har ikkala zavoddan mutaxassislar kelib "Choykoʻl” ovuli hududida joylashgan "Ferma ovul”dagi yangidan rekonstruktsiya qilingan broyler tovuq asrashga moslashtirilgan inshootda terib tuzish-montajlash ishlarini nihoyasiga yetkazishmoqda. Yaqin kunda bu yangi qirq ming bosh broyler tovuqqa moʻljallangan ishlab chiqarish korxonasi ishga tushiriladi va har bir ishlab chiqarish bosqichida 65-70 tonna parhez tovuq goʻshti savdo rastalariga joʻnatilib, elimiz dasturxoni yanada boyitiladi. Bu yangi korxonada yangidan 15-16 ish oʻrni yaratilib, mahalliy aholining bandlik masalasi birmuncha boʻlsa-da hal qilinadi.

Keyingi yillarda suv havzalarida va daryomizda suv resurslari hamda zahiralarning kamayayotganligi natijasida baliqlar ham kamayib bormoqda. Negaki, baliqlar suv bilan tirik. Bundan 50-60-yil ilgari Amudaryomizda koʻp uchrab turadigan 100 kilogrammdan 200 kilogrammgacha vazndagi yirik-yirik laqqa baliqlarni endilikda topish qiyin. Hozirgi kundagi baliqchilar daryomizdan har biri 5-6 kilolik baliq tutsa, juda xursand boʻlishadi. Mangʻitdagi, Nukusdagi va boshqada shaharlardan baliq bozorlarida sotilayotgan baliqlarning asosiy qismini hali oʻsib ulgʻayishi kerak boʻlgan yosh baliqlar tashkil etadi. Buning ustiga baliqlarning bozordagi narxi osmonda. Masalan, har biri zoʻrgʻa 2-3 kilogramm keladigan laqqa baliqning bir kilosi 16-17 ming soʻm. Sazan baliqniki 8-10 ming soʻmdan. Buni hammaning ham choʻntagi koʻtaravermaydi. Baliq zahiralari kamayib, buning ustiga maydalashib borayotgani sari aholining baliq va baliq mahsulotlariga boʻlgan talab-ehtiyojlari ham oshib bormoqda va bizning bugungi sharoitimizda baliqdan tayyorlanadigan ovqatlar juda kamayib nihoyatda tansiq taomga aylanmoqda. Demak, bugungi kunda tobora tanqis boʻlib borayotgan baliqlarni koʻpaytirish uchun tabiiy koʻllardan unumli foydalanish zarur. Imkoni boʻlsa sunʼiy hovuz va koʻllar qazdirib, baliqlarni koʻpaytirish har bir tadbirkor fermer vazifasiga aylanishi kerak.

- Baliq tanqisligini hisobga olib fermer xoʻjaligimizda katta hovuz qazdirdik va umumiy salmogʻi bir tonnaga yaqin, yaʼni, bir million donaga yaqin mayda chavoqlarni ana shu hovuzga qoʻyib yuborib parvarish qilmoqdamiz, yetarli miqdordagi oziq-ovqatlarini bermoqdamiz. Xudo xohlasa kelgusi yil kuzda bu chavoqlar oʻsib ulgʻayib, isteʼmol qilishga yaroqli baliqlar boʻlib yetishadi, - deydi tadbirkor fermer Erkin Rasulov. Uning gapida jon bor. Qiladigan ishni barvaqt amalga oshirgan yaxshi emasmi? Qaniydi, hamma fermerlar ham xalqimizning talab-ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun jon kuydirishsa, fidoyilik koʻrsatishsa.

Ishbilarmon tadbirkor Erkin Rasulovning sermazmun va joʻshqin hayoti hamda serqirra mehnat faoliyatiga boʻlgan qiziqishimiz tobora ortib borardi. Endilikda uning oilaviy hayoti ham bizning qiziqish va diqqat eʼtiborimizdan oʻrin oldi. U katta xonadon sardori, bir oʻgʻil toʻrt qizning otasi, yetti nafar nevaraning buvasi. Rafiqasi Xosiyat Ibrohimova mana shu qorakoʻzlarning ham mehribon onasi, ham buvisidir. Uning savdo-sotiq ishlariga qobiliyati borligi bois xususiy doʻkon ochib, asosan oziq-ovqat mahsulotlari bilan xaridorlarni xursand qilmoqda. Ular oʻttiz yildan buyon totuv yashab, hayot quvonch va tashvishlarini baham koʻrib, oilada ogʻizbirchilik, oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat muhitini shakllantirib, komil farzandlarni tarbiyalab kamolga yetkazmoqdalar. Toʻngʻich farzand Gʻulomjon Rasulov Toshkent iqtisodiyot universitetini muvaffaqiyatli bitkazib kelgach tuman davlat soliq inspektsiyasida masʼul xodim boʻlib xizmat qilmoqda. Qizlari Nodira va Gulnoralar tuman tibbiyot birlashmasida hamshira boʻlib, bemorlar dardiga malham boʻlmoqdalar. Mohira Rasulova Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida oʻquvchi yoshlarning jismoniy tarbiyasi va sport ishlari bilan shugʻullanadi. Eng kenja farzand Shohida Rasulova mazkur kasb-hunar kollejida tahsil olmoqda. U kelgusida buvasi va buvisi kabi mashhur oʻqituvchi boʻlishni orzu qiladi. Biz ularning barcha shirin orzulari va ezgu niyatlari roʻyobga chiqishini tilab qolamiz.

Qobul ShOMURODOV. 

(Foto - http://www.publika.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026