O‘ZLIDEP SIYoSIY KENGAShI IJROIYa QOʻMITASI RAISI AMUDARYo TUMANIGA KELDI (+video)
2018-yil 18-oktyabr kuni O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Aktam Haitov Amudaryo tumaniga tashrif buyurdi.
Dastavval tuman hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya aʼzolari boʻlmish deputatlar, tadbirkorlar va ishbilarmonlar, O‘zLiDeP faollari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda mahalliy Kengash deputatlarining faolligini oshirish, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqa yerlaridan unumli foydalanish boʻyicha targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.
Yigʻilish soʻngida O‘zLiDeP safiga yangi aʼzo boʻlgan bir guruh yurtdoshlarimizga aʼzolik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi A.Haitov tuman hokimi S.Yoʻldoshev rahbarligida Choykoʻl ovulidagi paxta dalalarida boʻlib, “Hormang, aziz paxtakorlar!” nomli aktsiya doirasida ilgʻor terimchilarga sovgʻalar topshirdi.
Shuningdek, A.Haitov “Amudaryotex” xorijiy korxonasiga tashrif buyurib, korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif doirasida mehmon korxonadagi O‘zLiDeP boshlangʻich partiya tashkiloti faoliyati bilan tanishib, partiya aʼzolari ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi.


Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶