TIL – HAYoT SABOGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktyabrda boʻlib oʻtgan sessiyasida ona tilimizga davlat tili maqomini berish toʻgʻrisidagi Qonun qabul qilindi.
Bu – oʻzbek xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik voqealardan biri boʻldi. Bu yil ona tilimiz boʻlgan oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga 29-yil toʻldi.
Shu munosabat bilan 8 – IDUMda “Til – hayot sabogʻi” deb nomlangan tadbir oʻtkazildi.
Bu tadbirni oʻtkazishdan maqsad oʻquvchilarga ona tilimiz naqadar goʻzal, jozibador ekanligini tushuntirish, uning qadriga yetishga, nutq madaniyatiga rioya qilishga odatlantirish, ravon soʻzlashga oʻrgatishdir.
Tadbirda 5-sinf oʻquvchilari ijrosida ona tilimizga bagʻishlangan sheʼrlar, buyuk allomalarimiz hayotini aks ettirgan sahna koʻrinishlari, 7-9-sinflar oʻquvchilari ijrosida soʻz mulkining sultoni A.Navoiy hikmatlari, til toʻgʻrisidagi sahna koʻrinishlari namoyish qilindi.
Oktyabr oyi ona tili fan oyligi hisoblanadi. Shu bois, bilim maskanimizda “ommaviy diktant”lar haftaligi, sinflararo bellashuvlar, viktorinalar, insholar tanlovlari oʻtkazilmoqda.
Tumanimizda oʻtkazilgan “Insholar tanlovi”da 9-sinf oʻquvchisi Yulduz Oqmonova faxrli 1-oʻrinni egallab, respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Demak, oʻzbek tilini va uning betakror jozibasini his etib yashash, oʻqib-izlanish har bir oʻquvchini yutuqlar sari ilhomlantiradi.
Bu yutuqlarimiz, albatta, pedagogik jamoamiz yutugʻidir.
S.Saʼdullayeva, 8 IDUM
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶