29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 05:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 733

Qurbongʻali Beshboyev – “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni sohibi

Qurbongʻali Beshboyev – “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni sohibi

Amudaryo tumanining Doʻrman ovulida faoliyat koʻrsatayotgan “Beshboyev Qurbongali” fermer xoʻjaligi tumandagi koʻp tarmoqli ilgʻor fermer xoʻjaliklaridan sanaladi.

Mamlakatimizda fermerlik harakati boshlangan dastlabki yillardan, yaʼni 2002-yildan buyon faoliyat koʻrsatayotgan ushbu fermer xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi sohasini yaxshi biladigan, yer bilan tillasha oladigan fidoyi dehqon –  Qurbongʻali Beshboyev rahbarlik qilayapti.

Q.Beshboyevning barcha ishlarni toʻgʻri tashkil eta olishi, yerga agrotexnik ishlov berish masalalariga va ekin parvarishiga eʼtiborli boʻlishi natijasida fermer xoʻjaligi paxta va bugʻdoy yetishtirish boʻyicha barcha shartnomaviy rejalarini nafaqat tumanda, balki respublika miqyosida birinchilar qatorida ado etayapti.

Mazkur fermer xoʻjaligida 2016-yilda 50 gektar, 2017-yilda 45 gektar va 2018-yilda 45 gektar maydonda paxta ekilib, har yili gektaridan oʻrtacha 30-35 tsentnerdan hosil oldi.

Shuningdek, fermer xoʻjaligi yerlarining shoʻrlanish darajasi yuqori boʻlishiga qaramasdan soʻnggi 3-yilda bugʻdoy ekilgan 7 gektar maydondan olinadigan hosildorlik 39,1 tsentnerdan 41,4 tsentnerga koʻtarildi.

Fermer xoʻjaligi hududida 1 gektar intensiv bogʻ, 0,2 ga. issiqxona, bugʻdoy va sholi tegirmonlari, zamonaviy deraza va eshik romlari ishlab chiqarish hamda tikuvchilik tsexlari tashkil etilgan. Shuningdek, fermer xoʻjaligida boqilayotgan parrandalar sonini koʻpaytirishga ham alohida eʼtibor berilmoqda.

Ayni kunda fermer xoʻjaligi hisobida boʻlgan 1 ta “Class Dominator”don oʻrish kombayni, 1 ta T-4A zanjirli haydov traktori, 2 ta TT3-80. 11 , 1 ta T 28x4  chopiq traktorlari 2 ta PTS -793 A01 traktor tirkamasi, 1 ta kultivator, 1 ta seyalka, 1 ta plug, 1 ta yer tekislagich, 3 ta mola, 8 ta borona va boshqada zarur texnikalar taʼmirlanib, yangi qishloq xoʻjaligi yili uchun shay qilib qoʻyilmoqda.

Q.Beshboyev rahbarlik qilayotgan fermer xoʻjaligi ovuldagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi va 15-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi binolarini taʼmirlash ishlariga yaqindan yordam koʻrsatib kelmoqda. Shuningdek ushbu fermer xoʻjaligi tomonidan ovuldagi kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamlar berilayotgani ham aholini xursand qilayapti.

Fermer Qurbongʻali Beshboyev ovulda oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etib, el hurmatini qozonmoqda.

Fidoyi, tinib-tinchimas fermer Qurbongʻali Beshboyev yaqinda “Ilgʻor fermer” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Bu – haqiqiy yer egasi, fermerlikni rivojlantirishga astoydil bel bogʻlagan fidoyi insonning mehnatiga berilgan munosib bahodir.

A.JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026