“English speaking students” klubining bayram tadbiri oʻtkazildi
Yangi yilga bagʻishlangan tantanalar yurtimizni shodlikka toʻldirdi. Muassasa-tashkilot, jamoat joylarida yillik boshlanishi shodiyonalar bilan kutib olindi.
Mangʻit iqtisodiyot kollejida tashkil etilgan “English speaking students” klubi aʼzolari tomonidan ushbu bayramga bagʻishlab oʻtkazilgan “Happy new year” tadbiri ham barchaga bayram kayfiyatini ulashdi. Tadbir bayram tabriklari bilan boshlanib, klub aʼzolaridan tuzilgan “Ideal” va “The best” jamoalarining bellashuvi bilan davom ettirildi. Bellashuv davomida ertak qahramonlari libosidagi oʻquvchilar kuy-qoʻshiq va raqslar ijro etib tadbirga fayz kiritdilar. Davraga Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurib, barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Ular ishtirokida oʻtkazilgan qiziqarli oʻyinlar davrani yanada zavqqa toʻldirdi.
Tadbir soʻngida bellashuv gʻolibi boʻlgan “Ideal” jamoasiga va faol ishtirokchilarga sovgʻalar topshirildi. “English speaking students” klubi aʼzolari tomonidan tashkil etilgan tadbir barchaga zavq, koʻtarinki kayfiyat ulashdi.
Sayyora Ibodullayeva, Mangʻit iqtisodiyot
kollejining ingliz tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶