TABIATNI ASRANG, YaXShILAR
Bir kuni opam bilan maktabdan qaytayotsak, qoʻshnimiz Oysha opa bir qancha chiqindilarni kanalga tashlab yubordi. Odamlarning hayot manbai boʻlgan suvga turli chiqindilarni tashlagani uchun juda xafa boʻldim. Uyga borganimizdan keyin buvimga boʻlgan voqeani aytib berdim. Buvim:
– Qizlarim, – dedilar muloyimlik bilan, – tabiat insonsiz yashashi mumkin, ammo inson tabiatsiz, suvsiz yashay olmaydi. Shuning uchun biz insonlar tabiatni asrashimiz, suvga har xil chiqindilarni tashlamasligimiz kerak. Ota-bobolarimizning: “ummon oldida tursang ham, bir tomchi suvni isrof qilma,” deb aytgan oʻgitlariga amal qilib yashamogʻimiz kerak.
Aziz tengdoshlar, qadrli onajonlar!
Men hali kichkinadirman, lekin sizlardan oʻtinib soʻrayman, tabiatga ozor yetkazmaylik, oldimizdan oqqan suvning qadriga yetaylik! Oysha opa kabi onaxonlarni katta yoshdagi momolarimiz salgina tartibga chaqirib qoʻysalar, deyman. Chunki oqar suv oqib-oqib tomorqamizga, bogʻrogʻimizga hayot baxsh etadi, chanqogʻimizni qondiradi. Yoz boʻyi esa biz uchun tabiiy suv vannasi vazifasini bajaradi. Bas, shunday ekan, oldimizdan oqayotgan zilol obi-hayotni zaharlamaylik!
Iroda BEKIMBETOVA, 30-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶