Maktabda “Kuzatuv kengashi” tashkil etildi
19-yanvar kuni 50-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mx sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-yanvar kuni 3118-raqam bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Kuzatuv kengashi haqida”gi namunaviy Nizom talablari asosida “Kuzatuv kengashi” aʼzolarini saylash maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda ota-onalar vakillaridan 2 kishi, sobiq bitiruvchilar vakillaridan 2 kishi, faxriy oʻqituvchilar vakillaridan 1 kishi, homiylardan 2 kishi va faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilardan 2 kishi ochiq ovoz berish yoʻli bilan maktabning “Kuzatuv kengashi ” aʼzoligiga saylandilar.
Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶