Ikki buyuk siymoga ehtirom
Tumanimizdagi 32-sonli umumtaʼlim maktabida oʻzbek mumtoz adabiyotining ulkan dargʻalari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muxammad Boburning tavallud kunlari munosabati bilan "Ikki buyuk siymoga ehtirom" deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Amudaryo tuman Kengashining Telegram’dagi rasmiy kanali maʼlum qilmoqda.
Tadbirda dastlab mangu barhayot siymolar – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muxammmad Bobur hayoti va faoliyati xususida maʼruza tinglandi. Maktabning iqtidorli oʻquvchilari ijrosida ularning siymolari gavdalantirilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Oʻquvchilar Navoiy va Bobur ijodidan namunalar oʻqidilar.
Tadbir barcha ishtirokchilar koʻnglida ikki buyuk shoir ijodini yanada chuqurroq oʻrganishga ragʻbat uygʻotdi.
O.Rajabova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶