13.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
13.11.2026, 00:43
Jamiyat 👁 4,574

Erta turmuş - keltirar taşviş

Erta turmuş - keltirar taşviş

Baxt deganingiz sarob bölmasin!

Farzand! U ota-ona orzu umidlari çeçagi, oila deya atalguvçimehr-muhabbat, özaro işonç va hurmat, oqibatdan böy tiklagan oila qörğonining çiroğboni. Ota-ona orzu-umidlarini röyobga çiqaruvçi, hayot bardavomligini taʼminlovçi xalqa.

Xalqimiz oilani, oilani mustahkamlovçi farzandlarni yuksak qadrlab kelgan. Ha, farzand bilan barobar ota-ona orzulari ham ulğayadi, hayotining farzandi bilan keçgan damlari eng sururli onlari hisoblanadi. Kun sayin ulğayayotgan bolaning har bir harakati, qiliği qalbini quvonçga töldiradi. Şu bolasini mehri oğuşida asrab-avaylab östiradi, kamolini körgisi keladi. Dunyoda bizning xalqimizçalik borini bolasiga ataydigan mehrçan xalq yöqdir-ov.

Xalqimizning xohiş-irodasi mamlakatimiz olib borayotgan siyosatda ham öz aksini topgan. Ayniqsa istiqlol yillarida yoş avlodning barkamol insonlar bölib voyaga yetişi uçun amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarga bugun butun dunyo havas bilan qaramoqda. Bizning mamlakatimizçalik heç bir mamlakat bepul 12 yillik uzluksiz taʼlimni zimmasiga olgan emas, bizning mamlakatimizdagidek farzandlar tarbiyasiga, ularning yetuk insonlar bölib voyaga yetişlariga ğamxörlik qilinib, mablağlar ajratilayotgani yöq, taʼlimning uzviy qismi bölgan sportning ommalaşuviga bizdagidek eʼtibor berilayotgani yöq.

Bu saʼy-harakatlarning natijasida fan, sport sohasida, badiiy ijodiyot sohasida yoşlarning qölga kiritayotgan muvaffaqiyatlaridan barçamiz birdek quvonamiz. Zamonaviy öquv asbob-anjomlari bilan jihozlangan öquv xonalarida taʼlim olib, kasb-hunar egallab, mustaqil hayotga uçirma bölayotgan yoşlarning dadillik va işonç bilan özlarining mehnat faoliyatlarini boşlayotganini körib, quvonamiz. Rus, ingliz tilida ham burro-burro sözlaşayotganlarni körib könglimiz toğday kötariladi. Ertamiz bugunimizdan ham fayzli va farahli bölişiga işonçimiz ortadi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablari, 8 ta kasb-hunar kollejlari, 1 ta akademik litsey bağrida taʼlim-tarbiya olayotgan, kasb-hunar örganayotgan öğil-qizlarimiz mamlakatimiz rivojida muhim örin tutadi, deb öylaymiz.

Ha, murabbiy pedagoglarimizning ham, ota-onalarning ham ulardan umidi katta. Biroq doim ham bunga erişayapmizmi? Hamma oilada ham farzand tarbiyasiga yetarli eʼtibor berilayaptimi?

Azizlar! Bizning bugungi suhbatimiz mavzui asrlar davomida milliy mentalitetimizning közgusiga aylangan oilada ota-ona masʼuliyati, farzandlar kamoloti yölida yöl qöyilayotgan baʼzi kamçiliklar haqida.

Ota-ona borki, bolam deb yaşaydi, kamolini körsam, keksayganimda belimga quvvat, könglimga madadbölsa, deydi. Orzusiga erişiş yölidaözini ötga-çöqqa uradi, baʼzan bolam baxti, deb baxtiga rahna solib qöyganini sezmay qoladi. Ayrimlari hali voyaga yetmagan bolalarini öz holiga taşlab, bolalariga tökis şaroit yaratib beriş uçun mömay daromad ilinjida çet ellarda yurişibdi. Ular oilasiga moddiy taʼminot berişar, lekin farzandga mehrni,tarbiyani kim beradi? Ota-ona parvarişidan mosuvo, qarindoşlar, bobo-buvi va hatto qöşnilarga taşlab ketilgan, voyaga yetmagan bolalarga har qanday molu-dunyodan ota-onasining bir erkalaşi, bir oğiz şirin sözi afzal emasmi? Ularga kim ota-ona örnini bosa oladi? Ota-ona tarbiyasini kim bera oladi? Heç kim! Bu farzandlar kelajagiga xiyonat emasmi? Ayrim ota-onalarning bola özimniki, nima qilsam öz ixtiyorimda, deb öylab maktabga, kollejga yubormay, uy işlariga jalb qilayotganiga nima deysiz? Boyligini köz-köz qilgisi kelib maktabga bolasigamaşina mindirib yuborayotganlar, çöntagini pulga töldirib qöyayotganlar ham, öğlining, qizining tungi vaqtlarda ham internet kafelarda, köngiloçar maskanlarda yurişiga yöl qöyayotganlar ham bor.

Baʼzan odamlarning suhbatida ular haqda "bolalari hali yoş-ku” yoki "endi ota-ona nazorati kerak payti-da” degan sözlarni eşitib qolamiz. Nahot farzand tarbiyalaş uçun, nazorat qiliş uçun biron yoşga yetişini kutiş kerak bölsa?

Bir donişmandga bolasini aqlli, odobli, bilimli va jasur qilib tarbiyalab berişini sörab, olib kelgan odamdan u:

- Bolangiz neça kunlik, - deb sörabdi.

- Qirq kunlik, - deb javob beribdi ota.

Unga donişmand:

- Bola tarbiyasida qirq kun keçikibsiz, degan ekan.

Ha, bola tarbiyasi naqadar masʼuliyatli va dolzarb iş. Ayrim ota-onalarning bu masʼuliyatni töla ado etolmagani bois, jamiyatimizda yoşlar majburiy uzluksiz 12 yillik taʼlimni tugallamay turib, biron kasbni, hunarni töla egallamay turib erta turmuş qurişga intilayotgani va buning oqibatida turli köngilsizliklar kelib çiqayotganidan köz yumib bölmaydi. Şu boisdan ham mamlakatimizda oilalarni mustahkamlaş, har jihatdan soğlom oilani şakllantiriş maqsadida nikoh yoşiga doir qonunlarni buzganlik uçun jazo çoralari kuçaytirildi.

Endilikda nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh munosabatlariga kirişganlik uçun eng kam işhaqining 5 barobaridan 10 barobarigaça, ota-ona yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan nikoh yoşiga yetmagan şaxsni erga beriş yoxud uylantiriş – eng kam iş haqining 7 barobaridan 15 barobarigaça, nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan nikoh tuzişga doir diniy marosimni amalga oşiriş esa eng kam iş haqining 10 baravaridan 20 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Şuningdek, Öz.R jinoyat Kodeksining 17-moddasi törtinçi qismi ham "Nikoh yoşi töğrisidagi qonun hujjatlarini buziş haqida”gi modda bilan töldirildi. Bunga köra maʼmuriy jazo olgan va nikoh yoşiga yetmagan şaxs bilan oila qurgan şaxslar eng kam oylik iş haqining20 baravaridan 30 baravarigaça miqdorda jarimaga tortiladi yoki 1-yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 oygaça qamoq jazosi bilan jazolanadi.

Maʼmuriy jazo olgan bölişiga qaramay, nikoh yoşiga yetmagan farzandini turmuşga bergan yoxud uylantirgan ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslarga eng kam oylik iş haqining 30 baravaridan 50 baravarigaça miqdorda jarima yoki 2-yilgaça axloq tuzatiş işlari, yoxud 4 oygaça qamoq jazosi qöllaniladi. Yuqoridagi kabi açinarli holatlar afsuski, uçrab turibdi.

Hali aqlini tanib ulgurmagan yoşlarning bir-biriga intilişlarini, turmuş qurişgaşoşayotganliklarini heç narsa bilan oqlab bölmaydi. Ular töy qilsak böldi, baxtli bölaveramiz, deb xato öylaşadi.

Habiba Törayeva, ginekolog şifokor:

- Nikoh quriş avvalo farzand körişdek murakkab fiziologik jarayonlar bilan aloqador bölganligi sabablierta turmuş quriş köpinça bepuştlikka, bolaning oy kuni yetmay tuğilişiga, homila notöğri rivojlanişigasabab bölişi mumkin. Ilmiy izlanişlarda aniqlanişiça, yigit-qiz 20 yoşdan söng anatomik va fiziologik kamolotga yetadilar. Erta turmuş qurgan qizlarda rivojlaniş oxiriga yetmaganligi uçun homila rivojlanişi, tuğruq jarayoni juda oğir keçadi. Bola çala, vazni meʼyordan kam, nuqsonlar bilan tuğilişi mumkin. Bu ularni ruhiy tuşkunlikka olib keladi. Erta uylangan yigitlar ham köpgina muammolarga duç kelişi, otalik vazifasini töla ado etolmasligi kuzatilmoqda. Natijada bunday oilalar tez buzilib ketadi.

Xulosa şuki, erta turmuş qurişning salbiy oqibatlari juda mudhiş. Ota-onalar, keng jamoatçilik buni çuqurroq anglab yetsa, birgalikda bunga qarşi kuraşsa, kelajak avlodning soğlom dunyoga kelişiga zamin yaratilgan bölar edi.

Farzand tarbiyasida ota-ona nazorati sustligi, qolaversa, ommaviy madaniyat körinişidagi kinolar, internetdagi nomaqbul körinişlar tufayli yigit-qizda erta şakllangan turmuş qurişga moyillik heç bir oilaga baxt ham, xotirjamlik ham olib kelmagan. Aksinça, aqlini tanimay turmuş quriş tufayli boşi berk köçaga kirib qolayotganlar ham, uç-tört yilda va hatto undan ham tez ajraşib ketayotgan oilalar ham bor. Qizlik şaʼnini ötkinçi havaslarga almaşib qöyib, puşaymondan boşi egik qizlar ham bor.

Biz şunday bir ayançli taqdirga guvoh böldik: kasb-hunar kollejida öqiydigan qiz özidan bir bosqiç yuqorida öqiydigan yigitni yoqtirib qolibdi. Oilada uç öğildan keyin tuğilgan, hamma aytgani muhayyo bölib, erka ulğaygan qiz bir yil ötib şoşilinç öşa yigitga turmuşga çiqişga majbur bölgan. Tumanimizning olis hududidan Manğitga kelib öqiyotgan yigit bu gapni oilasidagilarga aytolmay hatto özini özi öldiriş fikriga ham borgan va baxtli tasodif buning oldini olgan.

Ota-onalar farzandlarining aybini yopib, töy qilişgan. Erka qiz yigitning uyiga uçinçi nevara kelin bölib tuşgan va bobo-buvi, qaynona-qaynota, ikki ovsin, ularning bolalari, qaynsingillari orasida öz örnini topolmay juda qiynalgan. U kelgusi hayotini faqat yigit bilangina tasavvur qilganini, bunday şaroitda yaşaşini hatto tasavvur ham qilmaganini aytib yiğlaydi. Qolaversa, homilasi böyida bilinib kelgan kelinning yangi oilada hurmati bölmasligi ham tayin.

Xullas, qiz homilasi tufayli muammolar bilan ikki oy kasalxonada yotib, 7 oylik qiz tuqqan. Qizi nimjon bölganligi uçun tuqqanidan söng ham ança vaqt kasalxonada yotgan. Boşqalar farzandini bağriga bosib baxtdan entikib oilasiga qaytsa, u qizini ölib qolmasmikan, degan xavotir bilan oylab yaşabdi. Erining uyidagilar qiziga eʼtibor ham bermagan.

Holdan toygan qiz bolasini olib ota-ona uyida yaşayapti. Na öziga, na bolasiga qaraşga holi bor.

- Yoşim ellikdan oşganida yolğiz qizim tufayli öğillarim, kelinlarim, el oldida yuzim yerga qarab ötiraman, deb öylamagandim, - deya yiğlaydi qizning onasi. – Şu qizim heç kimdan kam bölmasin, deb hamma aytganlarini bajarardim. Kiyim desa, kiyim, telefon desa, telefon olib berdim. Biroq har gal telefoniga pul söraganida bu pullarni nimaga, kimlar bilan gaplaşişga sarflayapsan, demabman. Böy-bastiga qarab quvonib yuraveribman-u könglida ne borini bilmabman. Mening notöğri tarbiyam uni baxtsiz qildi.

Onaning, qizning puşaymon-nadomatidan foyda bormi? Ötgan umrni orqaga qaytarib bölmaganidek, ötmişdagi xatolarni ham tuzatib bölmaydi-da, afsus!

Şundaylar haqida eşitgan odamning yuragi açiydi, bu xijillikdan qutuliş uçun çor-atrofingga boqasan. Va kasb-hunar maskanlarida sidqidildan hunar örganayotgan, endigina kollejni bitirib faoliyatini boşlab yuborgan, oliy öquv yurtlarida öqiyotgan umidli yoşlarimiz könglimizga taskin beradi.

Beixtiyor hamma qizlar ham mana şu qizlardek işga, ilmga çanqoq, tadbirli, intiluvçan, qobiliyatli bölişsa qaniydi, degan havas keçadi könglimizdan.

Aziza Madrahimova, Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 2-bosqiç öquvçisi:

- Bugungi kundakasb-hunar kollejlarida yaratilganşaroitlar öquvçilarning yetuk, malakali kadrlar bölib yetişişlariga töla kafolat böla oladi. Biroq bu imkoniyatlardan hamma ham yetarli foydalanayapti, deb bölmaydi. Baʼzan qizlar majlislarda, dars paytlarida ham qöl telefonini öynab, yo boşqa keraksiz maşğulotlarga çalğib ötirganlarini uçratib qolaman. Va ularga öquvçilik davri sizni kutib turmaydi, ilm olib, hunar egallaşga intiling, döstlarim, degim keladi.

Keyingi yillarda kollejni endigina bitirgan, biron kasbning boşini tutmagan, oq-qorani tanimagan qizini egasiga topşirişga oşiqayotgan oilalar ham köpaymoqda. Biron gap-söz bölmasidan tinib ötirayin, deb hisoblaşadi ular. Agar buning örniga qizini nazorat qilib, tarbiyalab, odob-axloqqa doir kitoblarga oşno qilib, bilim olişga, hunar egallaşga rağbatlantirsa, ehtimol qizi hayotda öz örnini topar, lekin oilaviy hayotga tayyor bölmagan qizni uzatib kim xotirjam bölgan deysiz? Negaki qizning yangi oilaga könikişi oson bölmaydi. Kattalar oldida kelinlik masʼuliyatini ado etolmaydi. Kattalarga gap qaytarmaslik, ovqatlarni ham oiladagi kattalarning köngliga qarab tayyorlaş, hovlini ozoda saqlaş kabi kelinlar zimmasiga yuklanadigan özbekona şunday jozibali va teran maʼnoga ega urf-odatlarimiz borki, töğri tarbiyalangan, es-xuşini tanigan qizlargina buning uddasidan çiqa olişadi.

Sönggi yillarda oila buziliş holatlarining köpayib borayotgani hammani taşvişga solayapti. Çunki ajraşgan oila farzandlari yo ota, yo ona mehridan, tarbiyasidan mahrum böladi. Agar ajraşgan erkak yo ayol qayta turmuş qursa, ögay farzandlar tufayli keyingi hayotida ham muammolar paydo bölişini va bular öz navbatida farzandlar tarbiyasiga salbiy taʼsir qilişini hisobga olsak, bu ajralişlarning jamiyatimiz uçun neçoğlik xatarli ekanligi yanada yaqqol ayon böladi.

Oilalar tinç-totuvligiga erişişda, oilalarda soğlom turmuş tarzining barqaror bölişida özini-özi boşqariş organlarining örni juda ulkan.

Momojon Rahimova, Oybek nomli mahalla fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi:

- Men kasbim taqozosiga köra har kuni neça-neça oilalarga kiraman. Baʼzan arzimagan sabablar bilan nizolar kelib çiqayotganiga guvoh bölaman. Bu sabablar köpinça qizlarning oilaviy hayotga tayyor emasligidir. Qolaversa, yigitlarning ham, qizlarning ham soğliqlarida muammolar köp. Qizlarimiz moda ketidan quvmay, har faslning, kunning şaroitiga qarab kiyinsa, oilasiga taşviş keltirmasdi.

Qizlar qaynyurtiga qölida "sotka” bilan keladi. Oila yumuşlarini bajarayotganda ham bir qöli, xayoli telefonda böladi. Dugonalari, yaqinlari bilan uzoq suhbatlari turgan gap, yangi oilasidagilarga yoqmaydi.

Oila totuvligi avvalo töğri tarbiyada ekanligini unutmasligimiz kerak.

Oila muqaddas dargoh. Negaki unda hayotning davomiyligini taʼminlovçi avlod şakllanadi. Asrlar oşa yaşab kelayotgan milliy qadriyatlarimiz asrab avaylanadi, jamiyat taraqqiyotiga, yuksalişlarga asos solinadi.

Biz ana şunday oilalarni barpo etiş maqsadidagi işlarimizni farzandlarimizni töğri tarbiyalaşdan boşlaşimiz, maktab, kollej, mahalla oila hamkorligini yaxşilaşimiz kerak.

At-Termiziy bobomiz aytadilar: "Solih farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkaziş – har kuni sadaqaberişdan ham afzaldir”.

Farzandlarni komil insonlar qilib voyaga yetkaziş – qançalik uluğ va savobli iş ekanligini şu sözlardan ham anglaşimiz mumkin.

Farzandlar kamolini, yaxşi kunlarini soğinib yaşaş xalqimizga xos odat. Qizini uzatayotgan yo kelin tuşirayotgan ota-onaning baxtiyorligini heç bir söz bilan taʼriflab bölmaydi. Bu boradagi qonuniy, huquqiy meʼyorlarga amal qiliş barobarida muqaddas islom dinimizda ham körsatmalar borligini unutmaslik kerak.

Abdurahmon Matsafoyev, "Yusuf Eşon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi:

- Islom dinimizda baloğatga yetgan, har taraflama qodir bölgan erkak va ayol nikohlanişga, farzandlarni dunyoga keltirişga buyurilgan. Bunda har taraflama qodir deganda yigit, qizning jismoniy, maʼnaviy kamoloti, kelgusida oilasini qadrlay olişi, farzandlar tarbiyalab, moddiy taʼminotini taʼminlay olişi nazarda tutilgan.

Öğlini uylantiriş,qiziniuzatiştaraddudidayurganota-onalar bularni ham unutmasligi kerak.

Har bir ota-ona farzandining baxtli, saodatli umr keçirişini istaydi. Keksayganida ularning ardoğida xotirjam yaşagisi keladi. Yaratgan Egam odamzotga ota-onalik baxtini ato etiş barobarida ummondek çeksiz mehr-muhabbat ham qöşib berganki, şu mehr tufayli bola uçun çekkan zahmatlari ham rohat bölib tuyuladi. Baʼzan şu mehr tufayli meʼyorni, masʼuliyatimizni unutib qöyamiz. Oqibatda esa yuqorida mulohaza yuritganimizday köngilsizliklar kelib çiqadi. Farzand – ota-ona uçun yo mukofot, yo jazo ekan. Qay biriga ega bölişimiz ularni bugun qanday tarbiyalaşimizga boğliq.

Azizlar! Bu haqda batafsil töxtalganimizning boisi, sizlarni ham oilangiz guli, umringiz davomçilari - farzandlaringiz tarbiyasi xususida çuqurroq fikrlaşga, muşohada yuritişga, ularga doimo ziyrak, ogoh nigoh bilan boqişga undamoq edi. Istagimiz, heç bir ota-ona öğil-qizining yomonligini körmasin, baxt degani sarob bölib çiqmasin.

Oygul RAJABOVA.

(Foto - http://www.haqida.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026