Byudjet Kodeksi – qonunçiligimizdagi yangilik
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat moliyasini boşqarişning huquqiy asoslarini takomillaştiriş, byudjet siyosati ustuvor yönalişlarini tartibga soliş maqsadida qator qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. 2013-yil 26-dekabr kuni eʼlon qilingan «Özbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksini tasdiqlaş töğrisida»gi Qonun ham şular jumlasidandir. Mazkur Qonunga asosan 2014 yil 1 yanvardan boşlab Özbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi kuçga kirdi.
Byudjet Kodeksi umumiy va maxsus qismlar, 9 bölim, 28 bob va 192 ta moddadan iborat bölib, mazkur hujjat şu vaqtga qadar byudjetni tartibga solib kelgan «Byudjet tizimi töğrisida»gi va «Davlat byudjetining ğazna ijrosi töğrisida»gi Qonunlarni, byudjet jarayonining alohida masalalarini tartibga soluvçi oltita Qonunni, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va qarorlarini, hukumat qarorlarini hamda idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni qamrab olgan.
Kodeksda ayni paytda amalda bölgan meʼyorlar kengaytirilib, byudjet jarayoni iştirokçilarining vakolatlari, davlat tomonidan mablağ jalb qiliş, byudjet ijrosi ustidan nazorat va byudjet qonunçiligini buzganlik uçun javobgarlikni aks ettiruvçi yangi moddalar qöşilgan.
Uşbu Kodeks taraqqiy etgan mamlakatlarning bu boradagi ilğor tajribasini hisobga olgan holda işlab çiqilgan. Bundan taşqari, hujjatda davlat maqsadli jamğarmalari va byudjet taşkilotlarining byudjetdan taşqari jamğarmalari qamrab olingan, byudjet mablağlarining manzillilik va maqsadlilik xususiyati, byudjet mablağlaridan natijaviy va samarali foydalaniş, yagona ğazna, masʼuliyat, ommaviylik va oşkoralik kabi qöşimça tamoyillar kiritilgan va tuşunçalar röyxati kengaytirilgan.
Byudjet Kodeksi amaldagi Soliq Kodeksi bilan birgalikda yagona unifikatsiyalaştirilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan, davlat moliyasi qonunçiligi bazasini şakllantiriş imkonini beradigan hujjatdir.
Maʼlumki, har yili mamlakatimizda davlat byudjetining 60 foizga yaqini aholini ijtimoiy himoya qiliş va ijtimoiy sohani rivojlantirişga yönaltirilmoqda. Uşbu Kodeksda byudjet mablağlarining maqsadli sarflanişi, uni sarflaşning natijaviyligi va samaradorligi, ğaznaning yagonaligi, javobgarlik, oçiq-oydinlik yaʼni oşkoralik kabi byudjet tizimining asosiy tamoyillari kiritilgani ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi turmuş darajasini yaxşilaşga yönaltiriladigan mablağlarning manzilli va maqsadli sarflanişiga hamda uning ustidan samarali nazorat örnatilişiga xizmat qiladi.
Aytiş kerakki, har qanday davlatning samarali faoliyat yuritişi köp jihatdan töğri şakllantirilgan byudjetga boğliq. Nafaqat davlat majburiyatlari va ijtimoiy kafolatlar bajarilişi, balki mamlakat rivojining strategik maqsadlariga erişilişi byudjet mablağlari qanday tamoyillar asosida, qanday usulda şakllantirilişi va işlatilişi, byudjet siyosati qanday ustuvorliklarni amalga oşirişiga ham boğliq.
Kodeksda nazarda tutilgan meʼyor va qoidalarning amalga oşirilişi byudjet jarayonining hamma bosqiçlari hamda darajalarida yagona huquqiy meʼyor va yondaşuvlar qöllanilişini taʼminlab, byudjet jarayoni barça iştirokçilarining faoliyatini yengillaştirişga, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni, barqaror iqtisodiy ösişni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Madamin KAZAKOV,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶