30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 01:41
Fan va taʼlim 👁 601

YuQORI QIShLOQNING OLIMA QIZI

YuQORI QIShLOQNING OLIMA QIZI

Dunyoda tafakkur qudratiga teng keluvchi kuch yoʻq. Inson aqlu zakosi mahsuli boʻlmish ixtirolarni, yangiliklarni eshitganimizda har gal hayratga tushamiz: haydovchisiz yuradigan avtomobillar, tanaga issiqlik berib turuvchi kiyimlar, egasining sutka davomida qancha masofa piyoda yurishini aniqlab boradigan poyafzallar, inson zimmasidagi vazifalarni bajarayotgan robotlar... xullas,  shunday odamlar borki, ularning aqli imkoniyatlariga havas qilmay ilojimiz yoʻq. Shunday damlarda faylasufning “qayiqda suzish mahoratini egallagan odamga toʻlqinlar xavf sololmaydi”, degan purmaʼno soʻzlari esiga keladi, odamning. Demoqchimanki, astoydil oʻqigan, intilgan, niyatlari sari odimlagan odam ham, shubhasiz, ulkan yutuqlarga erishadi.

Qilichboy ovulining Yuqori qishloq mahallasida tugʻilib oʻsgan Malohat Yusupovaning oʻquvchilik davri ham mustaqilligimizning  ilk iqtisodiy qiyinchilik yillariga toʻgʻri keladi. Biroq, astoydil oʻqish uchun harakat qilgan qizaloqqa bular taʼsirini oʻtkaza olmadi.  Maktabni tugatgach, 2004-yilda Toshkent davlat agrar universitetining kasb-taʼlimi (agronomiya) fakultetiga oʻqishga kirdi. 2008-yilda shu fakultetning bakalavr bosqichini, 2010   yilda mevachilik yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatdi va 2011-2013-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti stajyor tadqiqotchi-izlanuvchisi, 2013-2014-yillarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi, 2014-yildan “Yangi pedagogik texnologiyalar” MChJ ish yurituvchisi, rahbari vazifasini bajaruvchi boʻlib ishlab kelmoqda. Shu bilan birga mevachilik va uzumchilik ixtisosligi boʻyicha mustaqil tadqiqotchi sifatida qishloq xoʻjaligi fanlari doktori, dotsent Sohibjon Islomovning ilmiy rahbarligida, Xorazm viloyati sharoitida olma va nok koʻchatlarini past boʻyli payvandtaglarda yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Uning 2018-yil 25-dekabrda himoya qilgan mazkur ishi avtoreferatiga Qozogʻiston, AQSh, Koreya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlar ilmiy markazlarining yetakchi olimlari tomonidan ijobiy fikrlar bildirilgan, qishloq xoʻjaligi sohasi uchun ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega boʻlgan tadqiqot, deya baholangan.

Malohat Yusupova mazkur tadqiqot ishida Xorazm viloyatining shoʻrlangan tuproqlarida vegetativ yoʻl bilan koʻpaytirilgan olma va behi payvandtaglari tiplarining oʻsishi va rivojlanishining marfo-biologik xususiyatlarini aniqlagan.

Toshkent davlat agrar universititi huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DS s. 27.06.2017. QX. 13.01 raqamli ilmiy kengashda koʻrib chiqilgan ushbu himoya ishi uchun Malohat qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi.

Yuqori qishloqning yosh olima qizi hamon ilmiy izlanishda, uning bu boradagi tadqiqotlari tumanimiz, Respublikamiz qishloq xoʻjaligi rivojiga muhim hissa boʻlib qoʻshilishiga ishonamiz.

Otabek RAHIMBOYeV, QDU talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026