30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 00:14
Fan va taʼlim 👁 552

EʼTIBOR VA RAGʻBAT ULARNI ASTOYDIL MEHNAT QILIShGA UNDAMOQDA

EʼTIBOR VA RAGʻBAT ULARNI ASTOYDIL MEHNAT QILIShGA UNDAMOQDA

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, yangilanishlar, oʻzgarishlar zamirida moʻʼtabar kasb egalari – muallimlarning alohida oʻrni bor. Boisi ushbu jarayonlarni amalga oshirayotgan jamiki insonlarni ilm oʻrgatib, tarbiyalab voyaga yetkazgan ustoz-muallimlardir. Keyingi vaqtlarda sohaga ulkan eʼtibor qaratilayotgani uzoq yillar goh qurilishga goh paxta yaganasi, goh terimi, baʼzan esa jazirama oftob tigʻida obodonlashtirish ishlariga safarbar etilib kelingan soha xodimlarining oʻz kasbiga munosabati tubdan oʻzgarishiga olib keldi, mehnati moddiy va maʼnaviy qadrlanayotgani, faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi toʻsiqlar bartaraf etilgani, oylik maoshlari oshirilib, ortiqcha qogʻozbozlikka, majlisbozlikka chek qoʻyilayotgani ularni bugungi talablar darajasida mehnat qilishga undamoqda.

Taʼlimdagi sifat va samaradorlik pedagoglar salohiyati, mahorati, tajribasiga bogʻliq ekanligini toʻgʻri anglab, ishni shu asosda tashkil etishga intilayotgan Toʻlqin ovulidagi 28-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari yangi – 2019-2020 oʻquv yilini oʻzgacha ruhda boshlashdi.

1983-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan maktab binosi 2004-yildan beri taʼmirlanmagan boʻlsa-da, koʻrinishi, saqlanishi eʼtiborga arziydi. Muassasa aslida 320 oʻquvchi oʻrin quvvatiga ega boʻlsa-da, ayni kunda 581 nafar ovul farzandlari taʼlim-tarbiya olishmoqda. Ularga 23 ta sinfda ikki smenada 58 nafar malakali muallimlar saboq berishadi.

Joriy oʻquv yili uchun barcha oʻquvchilar ijara asosida darsliklar bilan, 47 nafar 1-sinfga qabul qilinganlar esa 12 turdagi oʻquv predmetlari jamlangan qulay va sifatli portfellar bilan taʼminlandi. 48 nafar kam taʼminlangan oilalar farzandlariga oʻquv darsliklari ijara pulisiz berildi.

Maktabda shinam va barcha qulayliklarga ega kutubxona, sport zali, oʻquv-fan xonalari mavjud.

Pedagogik jamoa oʻzlariga yaratilgan imkoniyatlardan samarali  foydalanishga, oʻquvchilarga dars mashgʻulotlarini yangi pedagogik innovatsion texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda oʻtishga, oʻquvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga intilishmoqda. 2018-2019 oʻquv yilida maktab oʻquvchilari Bilimlar bellashuvining tuman bosqichida tuman miqyosida 5-oʻrinni, umumiy reytingda esa 17-oʻrinni egallashdi. Shuningdek, maktab oʻquvchilaridan tuzilgan basketbolchilar jamoasi turli nufuzli musobaqalarda qatnashib, tuman, Qoraqalpogʻiston bosqichlarida sovrinli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.

Taʼlim sohasiga, muallim mehnatiga munosabat oʻzgarayotgani har bir oʻqituvchi faoliyatiga oʻzining ijobiy taʼsirini oʻtkazmoqda. Oʻquv yili boshida maktab oʻqituvchilarining umumiy yigʻilish oʻtkazilib, Prezidentimizning joriy yil 23-avgust kuni xalq  taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasini va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida taʼkidlangan vazifalardan oʻzlariga tegishli xulosalar chiqarib olishdi, taʼlimni bugungi talablar darajasida tashkil etish yuzasidan oʻzaro fikrlashib, rejalar belgilab olishdi. Albatta, bu rejalar oʻquv yili davomida ogʻishmay amalga oshiriladi. Shuningdek, maktab kuzatuv Kengashi ham bu borada faollik bilan ish olib bormoqda. Endilikda jamoa muassasani tumandagi ilgʻor maktablar safiga qoʻshishga asoydil intilmoqda.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus ijrosini taʼminlash yuzasidan tashkil etilgan hunarmandchilik, chevarlik, ijodkorlik, kompyuter savodxonligi, tasviriy sanʼat va musiqa toʻgaraklarida darsdan boʻsh vaqtlarida shugʻullanayotgan oʻquvchi yoshlarining iqtidori tahsinga loyiq.

Maktabga biz tashrif buyurgan kunimiz maktab kutubxonasida shu yerda ishlab nafaqaga chiqqan faxriy oʻqituvchilar va oʻquvchilarning kitob mutolaasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazilayotgan ekan. Buningdek xayrli ishlar kelgusida oʻzining ijobiy samaralarini berishiga ishongimiz keladi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026