KASB ShARAFI
Men 2001-2005-yillarda Nukus davlat pedagogika institutini “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” fanlari oʻqituvchisi ixtisosligi boʻyicha tugatdim. 2005-yildan beri 30-sonli maktabda oʻquvchilarga dars berib kelayapman.
Bu orada necha-necha yoshlar maktabni tugatib, mustaqil hayotga uchirma boʻlishdi. Oralarida mening ixtisosligimni tanlab, oʻqituvchilik qilayotganlari, turli mutaxassisliklarni egallab, yurtimizga halol xizmat qilayotganlari bisyor.
Qoraqalpogʻistonda “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” boʻldim. “Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Hozirgi vaqtda oʻquvchilarimga puxta bilim berish bilan cheklanmay, Qoraqalpogʻistonning va tumanimizning geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari oʻqituvchilariga trenerlik qilib, taʼlimdagi, mazkur fanlarni oʻqitishdagi yangiliklarni, yangi uslublarni, darsni samarali tashkil etish borasida oʻz tajribalarimni oʻrgatib borayapman.
Keyingi yillarda taʼlim sohasiga mamlakat hayotini hal qiluvchi omil sifatida qaralmoqda, oʻqituvchilar mehnati munosib baholanmoqda.
Bu barcha oʻqituvchilar qatori meni ham yanada qunt bilan ishlashga ruhlantirayotir.
Fursatdan foydalanib, xalqimizning hurmat-eʼtiboridagi moʻʼtabar kasb egalari – barcha ustozlarni, murabbiylarni kasb bayramlari bilan qutlayman!
Otabek Tajiyev, 30-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶