TIL - DIL KALITI
Til millatning asosiy belgilaridan biridir. Koʻhna tarixdan maʼlumki, oʻzbek xalqi asrlar davomida dunyo taraqqiyotiga juda katta hissa qoʻshib kelgan. Bunda, albatta, ona tilimizning xizmati katta.
Bugungi kunda taʼlim-tarbiya sohasida olib borilayotgan ishlarimizning asosiy maqsadi ham ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs - komil insonni tarbiyalashdan iboratdir.
Tilni oʻrganish deganda faqatgina chet tilini oʻrganish tushunilmaydi, balki oʻz ona tilini ham chuqurroq, tarixan yondoshgan holda oʻrganish muhim hisoblanadi. Hatto bilim, koʻnikma, malaka ham tilsiz paydo boʻlmaydi.
Oʻzbek tili tarixining ildizlari necha ming yilliklar qaʼriga borib taqaladi. Qadimgi turkiy til, eski turkiy til, oʻzbek adabiy tili, hozirgi oʻzbek adabiy tili deb oʻrganiladigan tilimiz oʻz bagʻriga minglab allomalarni, ular yaratgan durdona asarlarni jamlagan. 21-oktyabr – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan maktabimizda oʻtkazilgan “Til – dil kaliti” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirda oʻquvchi-yoshlar bu haqda, ona tilimizning tarixi va bugungi taraqqiyoti xususida toʻlib-toshib soʻzladilar. Til haqida sheʼrlar aytib, qoʻshiqlar kuyladilar.
Tadbirda ishtirok etgan maktabimizning 5-,6-,7-sinf oʻquvchilari ona tilini bilish, oʻz ona tilini hurmat qilish, til millatning gʻururi, iftixori ekanligini yanayam chuqurroq his qilishdi. Ular tayyorlagan sahna koʻrinishlarida tilimizning qudrati, buyukligi, millatimiz faxri oʻz ifodasini topdi.
A.Qurbonboyev, 79-maktab direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶