14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:02
Fan va taʼlim 👁 725

OʻQUVChILARIM QORAQALPOQ TILINI SEVIShADI

OʻQUVChILARIM QORAQALPOQ TILINI SEVIShADI

Umumtaʼlim maktablarida qoraqalpoq tilini oʻqitish – avvalo oʻquvchilar qalbida oʻzi oʻrganayotgan ushbu tilga nisbatan ham eʼtibor, ham hurmat uygʻotishdan boshlanadi. Chunki oʻquvchi qardosh tilga hurmat nazari bilan qarasagina, shu tilda soʻzlashuvchi millatning anʼana va urf-odatlarini hurmat qiladi, tilini jon-jon, deb oʻrganadi.

Biz Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashaymiz. Farzandlarimiz, butun oila aʼzolarimiz bilan qoraqalpoq tilidagi telekoʻrsatuvlarni miriqib tomosha qilamiz. Chunki qoraqalpoq tilini tushunamiz. Lekin oʻzimiz eshitayotgan qoraqalpoq tilidagi har qanday nutqni tushunish boshqa-yu, qoraqalpoq tili va imlosini bilish boshqa. Bu tilni butun koʻrki va jozibasi, leksik boyligini anglash uchun faqat uning  barcha qatlamlarini – morfollogik, leksik, fonetik, sintaktik xususiyatlarini chuqur oʻzlashtirish kerak.

Men 19-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarga qoraqalpoq tilidan dars beraman. Oʻquvchilarning qoraqalpoq tiliga tushunishlari, suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha olishlari ularning bu tilni chuqur oʻzlashtirishlariga yordam beradi. Ular hatto qoraqalpoq tilida sheʼr va hikoyalar yozishga, qoraqalpoq adabiyoti namoyondalari asarlari asosida turli bayram sanalarida sahna koʻrinishlari tayyorlashga intilishadi. Ularning bu intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida men darslarimda interfaol usullardan foydalanishga harakat qilaman. Xususan, qoraqalpoq shoirlarining  sheʼrlarini oʻzbek tiliga, oʻzbek shoirlarining sheʼrlarini esa qoraqalpoq tiliga tarjima qilishni uyga vazifa sifatida topshiraman. Oʻquvchilarning aksariyati bu vazifani muvaffaqiyatli bajarishadi. Oʻzlari tushunmagan soʻzlarning maʼnolarini bilishga intilishadi.

Maktabimizda qoraqalpoq tili toʻgaragi faoliyat olib boradi. 20 nafar oʻquvchi shugʻullanadigan mazkur toʻgarakning har bir mashgʻuloti juda qiziqarli, savol-javoblarga boy boʻladi. Qoraqalpoq tili iboralari, sinonimlari bilan oʻzbek tili ibora va sinonimlaridagi oʻxshashliklar, farqlar borasida sof qoraqalpoq tilida bahs-munozaralarga kirishadigan oʻquvchilarni koʻrib quvonib ketaman. Tili, dini, milliy urf-odat va anʼanalari bir-biriga monand qoraqalpoq xalqi bilan oʻzbek xalqining azaliy qondosh-qardoshligi bugungi avlodlar tomonidan naqadar ulugʻlanishi ularning  qoraqalpoq tili va adabiyotini katta qiziqish va ehtirom bilan oʻrganayotganlarida yaqqol aks etib turadi.

Shuni alohida taʼkidlashni istardimki, oʻqish oʻzbek tilida olib boriladigan maktablarda qoraqalpoq tilini oʻqitishda biroz qiyinchiliklar ham mavjud. Bu – qoraqalpoq tilidagi darsliklarning  yetishmovchiligidir. Ayni paytda lotin alifbosiga asoslangan qoraqalpoq tili darsliklarining deyarli asosiy qismi eskirgan darsliklar boʻlib, yangilangan lotin alifbosiga asoslangan qoraqalpoq tili boʻyicha darsliklar bilan taʼminlashga unchalik eʼtibor berilmayapti. Bu biz oʻqituvchilar uchun qiyinchilik tugʻdirmoqdi. Chunki yangilangan lotin alifbosi bilan avvalgi alifbo oʻratsida ancha farq bor. Shu bois, koʻpincha dars jarayonida biz oʻquvchilarga ana shu farqlar haqida tushuntirishlar berib oʻtishimizga toʻgʻri kelmoqda.

Garchi oʻquvchilarimizning deyarli barchasi oʻzbek oilalarining farzandlari boʻlsalar-da, ular jon-jon deb qoraqalpoq tilini oʻrganishmoqda. Qoraqalpoq tilida sheʼr oʻqish, ashulalar ijro etish, hatto shu tilda ijod etishga intilishlari kuchli. Bu – qondosh va qardosh xalqlarning farzandlari uchun ham irsiyat, ham ezgu qadriyatdir.

Men barcha yurtdoshlarimizni  1-dekabr – qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bilan chin dildan tabriklayman. Har bir xonadonda har tong qoraqalpoq va oʻzbek tilidagi ikki millat madhiyalari mangu jaranglab tursin deyman.

Gʻulomjon ABDULLAYeV, 19-umumtaʼlim maktabi

qoraqalpoq tili fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019