14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:01
Fan va taʼlim 👁 515

36-sonli maktabda profilaktik tadbir oʻtkazildi

36-sonli maktabda profilaktik tadbir oʻtkazildi

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish eng muhim masalalardan biriga aylangan.  Chunki, yoshlar Vatan kelajagi va ertangi kun egalaridir. Shu sababdan ham, Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasida turli xil illatlarning oldini olish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida hukumatimiz tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda har payshanba - profilaktika kuni deb eʼlon qilinishi munosabati bilan taʼlim muassasalarida ham uchrashuvlar oʻtkazilib, ularda prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Yoshlar Ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi vakillari ishtirok etmoqda.

21-noyabr kuni “Payshanba – Huquqbuzarlik profilaktikasi” kuni munosabati bilan  tumanimizdagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida voyaga yetmagan yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni gʻoyaviy va ommaviy madaniyat taʼsiriga tushib qolishidan saqlash maqsadida profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Aytish kerakki, hozirgi kunda 36-sonli umumtaʼlim maktabida 838 nafar oʻquvchi-yoshlarga 76 nafar pedagog xodimlar taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Maktab oʻquvchilari fanlar olimpiadasi, bilimlar bellashuvining tuman va respublika bosqichlarida faol qatnashib keliishadi.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabda turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda va “5 ta tashabbus” loyihasi doirasida  toʻgaraklar tashkil etilgan.

Tadbirda yoshlar bilan ishlash boʻyicha profilaktika inspektori Chingiz Seytnazarov, 36-sonli umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bahrom Xoʻjamuratov, yoshlar ittifoqi yetakchisi Nigora Bozorboyeva, maktab psixologi Mahfuza Muratboyeva, “Chordara” mahalla fuqarolar yigʻini mutaxassisi Bogʻdagul Pizayeva  hamda 186  nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar jinoyatchilikka qarshi kurashish barcha davrlarda ham davlatning jiddiy va muhim masalasi hisoblanib kelinganligi, inson tinch va xotirjam yashashni hohlashi va tinchlik boʻlgan joyda baraka va rivojlanish boʻlishini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Aksariyat jinoyatchilarning shaxsi, dastlab tarbiyasizlik oqibatida shakllanishi, tarbiyasi ogʻir oʻsmir – axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj boʻlishi, uni axloqan tuzatish va tarbiyalash jinoyatchiga aylanishining oldini olish, shuningdek, jamiyat bilan normal aloqalarini tiklash, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish zarurligi  alohida qayd etib oʻtildi.

Uchrashuvda oʻquvchilar  bilan savol-javob va bahs-munozara oʻtkazildi, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Aytish joizki, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish tizimining samarali ishlashi ichki ishlar idoralari profilaktika xizmati xodimlari, ular bilan yonma-yon faoliyat koʻrsatayotgan jamoat tuzilmalarining vakillari hamda fuqarolar hamkorligining toʻgʻri tashkil etilishiga bogʻliqdir.

Bu kabi yigʻilishlar esa jamiyatda yoshlarning huquqiy madaniyati va huquqiy qarashlarini yuksaltirishga hamda qonunga itoatkorlik xulqini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Zero, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish – butun jamiyatning vazifasi.

Iroda Erdosheva, jamoatchi muxbir

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019