“QORAQALPOQ TILIM – MAQTANIShIM”
Qoraqalpoq xalqining milliy tili – qoraqalpoq tili olis tarixiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtib, doimo rivojlanib, boyib borayotgan tildir. Ayniqsa oʻziga xos xalqona ohangdagi dostonlari, terma, aytishuvlari, turli marosimlardagi ijro etiladigan qoʻshiqlari, raqslari oʻziga xosligi, jozibador va mazmundorligi bilan boshqa xalqlar vakillarini ham oʻziga jalb qiladi.
Shu boisdan ham qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kuni – 1-dekabr sanasida keng miqyosda nishonlandi.
Bizning 39-sonli maktabimizda sana munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir “Qoraqalpoq tilim – maqtanishim” deb nomlandi.
Tadbirga maktabning oʻrta va yuqori sinflarining oʻquvchilari jalb etildi. Ular dastlab qoraqalpoq tilining rivojlanish tarixi xaqida maʼruza tingladilar. T.Qayinbergenov, I.Yusupovlarning sheʼrlari ijro etildi. Ajiniyoz Qoʻsibay ulining “Boʻzatov” dostonidan namoyish etilgan sahna koʻrinishi, toʻy-marosimlar qoʻshiqlari, yigit-qizlarning aytishuvlari, qoraqalpoq xalq maqollarining oʻquvchilar tomonidan oʻziga xos oʻynoqi va ohangdor qilib ijro etilishi barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.
Shuningdek, “Qoraqalpoq tili bilimdoni” tanlovi mazkur fandan oʻquvchilarning olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
Tadbir oʻquvchilarimizning qoraqalpoq tiliga qiziqishlarini yanada oshirdi.
Gulnoz Otamurotova, 39-sonli maktabning
qoraqalpoq tili va adabiyoti oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶