29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:03
Fan va taʼlim 👁 477

USTOZLIK ShARAFI

USTOZLIK ShARAFI

Dunyo  imoratlari  ichida  eng  ulugʻi  maktab  boʻlsa, kasblar ichida  eng  sharaflisi  oʻqituvchilik, murabbiylikdir. Ha, bu  fikrlar  bejizga  aytilmagan. Maktab - oʻquvchilar  uchun  kelajak  poydevori  quriladigan  moʻʼtabar  maskandir. Oʻsha  maskanda oʻquvchilariga  bor  mehrini, qalb  qoʻrini, bor  bilimi-yu   mahoratini   baxsh  etib taʼlim berguvchi inson  bu - ustozdir.

46-sonli maktabga har kun ertalab ishga kelayotganimda jajji  bolajonlarning sport maydonchada mashgʻulotlarni zoʻr ishtiyoq, qiziqish  bilan  bajarayotganiga, xursandchiligiga guvoh  boʻlaman.  Sababi   jismoniy  tarbiya fanining nazariy va amaliy  bilimlarini ustoz Gulmon aka Qurbonov ular uchun qiziqarli tarzda oʻrgatadi.

Beixtiyor bolaligim, oʻquvchilik  damlarim  esimga  tushadi. Hali hamon  esimda,  jismoniy tarbiya darsini rosa intiq boʻlib  kutar, hatto sogʻinar edik. Bunga sabab Gulmon aka Qurbonov qiziqarli, turli metod, yangi usullardan foydalanib, qiziqtirib, mashgʻulotlar oʻtkazar edi. Buni  qarangki, ustozlarimning   puxta   sabogʻini  olib, yillar  oʻtib, men  ham  shu  muqaddas maskanda  ona  tili  va  adabiyot fani oʻqituvchisi  boʻlib, ustoz bilan yonma-yon yosh avlodga saboq bermoqdaman.

Gulmon aka Qurbonov 1986-1988-yillarda oʻzining dastlabki faoliyatni 23-sonli maktabda boshlagan, chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorgarlik, jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi boʻlib 1988-1999-yillarda 37-sonli  maktabda, 1999-2002-yillarda tuman Xalq taʼlimi boʻlimida metodist, 2002-2012-yillarda 46-sonli  maktabda oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2012-2013-yillarda  maktab  direktori  lavozimlarida  ishlab,  yosh  avlodga  taʼlim-tarbiya  berib keldi. Shu  yillar  davomida  oʻz  kasbiga   sidqidildan, vijdonan yondashgan ustoz 2015-yili Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  Xalq  taʼlimi  aʼlochisi koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ustozning  hayoti  har  tomonlama  ibratli. Ayni  damda   ish  jarayonimda  ham u kishidan kasb mahorati, bilim, koʻnikma, malakalarni oʻrgandim. Tabiatan bolajon, fidoyi ustoz bilan ishlayotganimdan faxrlanaman. Darhaqiqat, 46-sonli maktabda oʻz kasbining fidoyisi boʻlgan ustozlar  juda koʻp.  Bugungi  kunda ishlayman, oʻz mahoratimni  koʻrsataman, degan insonga barcha sharoitlar, imkoniyatlar   yetarli.
Hozirda  maktabimizda  tahsil olayotgan 692 nafar oʻquvchiga 60  nafar   malakali  pedagoglar  taʼlim-tarbiya  bermoqdalar. 54 ta fan, 6 ta  sport  toʻgaragi  muntazam  faoliyat   koʻrsatmoqda. Shularning  ichida  sport  toʻgaragiga   oʻquvchilarning  qiziqishi  oʻzgacha. Shu  oʻrinda  ustozning  yutuqlarini  sanab  oʻtmoqni  joiz  topdim. Yaqindagina  tumanimizda  oʻtkazilgan  “Umid  nihollari”  musobaqasining tuman bosqichida 4-sinf  oʻquvchisi  B.Norimmatov shashka  boʻyicha   2-oʻrinni, 8-sinf  oʻquvchisi  A.Rajabov  shaxmat  boʻyicha  1-oʻrinni  egalladi. 10-yanvar  kuni  oʻgʻil  bolalar  oʻrtasida  oʻtkazilgan yengil  atletika  boʻyicha musobaqalarda uzunlikka  sakrash  boʻyicha 4-sinf oʻquvchisi  B.Norimmatov 1-oʻrinni, 1-4-sinflar qizlari oʻrtasida toʻpni nishonga otish  boʻyicha 4-sinf  oʻquvchisi D.Bozorboyeva 3-oʻrinni, 9-11-sinflar qizlari  oʻrtasida 800 metrga yugurish  boʻyicha 9-sinf  oʻquvchisi  N.Yoʻldosheva 3-oʻrinni, oʻgʻil bolalar oʻrtasida 1500 metrga yugurish  boʻyicha 10-sinf  oʻquvchisi D.Yarashboyev 2-oʻrinni egalladi. 82-maktabda  sportning  badiiy gimnastika turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada 5-sinf oʻquvchisi  Z.Safarboyeva  3-oʻrinni  egalladi.

Bunday  yuksak  natija  izlanuvchan  ustozga  va  butun  maktab  jamoasiga  faxr, iftixor  baxsh  etadi. Bu  kabi  natijalar  qoʻlga  kiritilishida  ustozning tinimsiz  mehnati, bilimi, tajribasi mujassam. Gulmon aka Qurbonov  oʻz hayoti  mazmunini  ezgulikda, taʼlim-tarbiya berishda deb bilgan, kasbidan obroʻ-eʼtibor topgan ustozlardan biri. Zero ustoz, degan  sharafga  muyassar  boʻlishning  oʻzi   ulkan  baxt.

Gulxumor ShOMURODOVA,
46-sonli maktabning ona tili va adabiyot  fani oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026