29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 21:03
Fan va taʼlim 👁 383

TARIX FANI OYLIGI MAʼLUMOTLARGA BOY VA JUDA QIZIQARLI OʻTDI

TARIX FANI OYLIGI MAʼLUMOTLARGA BOY VA JUDA QIZIQARLI OʻTDI

Shukurki, xalqimiz mustaqillikka erishganidan soʻng, oʻzining tarixini, dunyo ilm-fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan alloma, fozil-fuzalolari maʼnaviy merosini oʻrganish baxtiga musharraf boʻldi. Shu jumladan, ulugʻ sarkarda, jahongir, turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarni chuqur egallagan Amir Temur ibn amir Taragʻay hayoti va faoliyati bilan ham chuqur tanishish va ibrat olish baxtiga erishdik.

 Tumanimizdagi 65-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 29-yanvar kuni yanvar – tarix, davlat va huquq asoslari fanlari oyligi deb belgilanganligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Tarixni anglash oʻzlikni anglashdir” deb nomlangan maʼrifiy-maʼnaviy kechada ham bu borada batafsil soʻz yuritildi.

Amir Temur 1360-1385-yillarda Movarounnahrni moʻgʻul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzdi, 1370-yilda Movrounnahr taxtiga oʻtirdi va Samarqandni hokimiyat poytaxti etib belgiladi. Keyinchalik Sirdaryoning quyi havzasidagi yerlarni – Toshkent viloyatini, Fargʻona vodiysini, Xorazmni oʻz hukmronligiga qoʻshdi. Hayotining soʻnggi yillarida Eron, Iroq, Zakavkaze mamlakatlari, Hindiston, Oltin Oʻrda va Turkiyani ham ishgʻol qilib, saltanat hududini sharqda Xitoy devoriga, gʻarbda Oʻrta yer dengizigacha, janubda Hindiston chegaralariga qadar kengaytirdi. Ushbu yirik markazlashgan davlatni adolat bilan boshqardi, oʻzini oddiy xalq vakilidan ulugʻ sanamadi. U ilm ahillarini, shoirlarni juda qadrladi va faoliyatiga gʻamxoʻrlik qildi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodligi uchun kurashdi. “Temur tuzuklari” asari bugungi davr yoshlari uchun ulkan maʼnaviy merosdir. Uni oʻrganish har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.

Maktabning tarix fani oʻqituvchisi Shahlo Safarboyeva, davlat va huquq asoslari fani oʻqituvchisi Omongul Jumaboyevalar tomonidan fan oyligi yakuniga bagʻishlab oʻtkazilgan mazkur tadbirda oʻquvchilar sohibqiron Amir Temur bobomiz amalga oshirgan ana shu buyuk va olamshumul ishlar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar. Tadbirda ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilari Amir Temur hayotiga doir sahnalashtirilgan koʻrinishda olis tariximizning bir parchasini oʻz ijrolari orqali jonlantirishdi. Oʻquvchilarning tarixiy shaxslar obrazini oʻzgacha viqor va mahorat bilan ijro etgani ularning ulugʻ bobokalonlarimiz hayotini chuqur oʻqib, oʻrganini yaqqol koʻrsatib berdi. Shuningdek, 5-sinf oʻquvchilari “Temur tuzuklari”dan namunalarni zoʻr ishtiyoq bilan yod aytdilar. Shundan soʻng, 8-sinf oʻquvchilari hozirgi davrdagi Konstitutsiyamizning oʻquvchi yoshlarga taalluqli moddalarini yod aytib, sharhlab berishdi.

Tadbirda mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov hayoti va faoliyatiga oid koʻrgazma ham namoyish etildi.

Fan oyligi doirasida oʻtkazilgan eng muhim ishlardan biri maktab muzeyi tashkil etilganligi boʻldi. Endilikda muzeyni tomosha qilgan oʻquvchilar oʻzlari taʼlim-tarbiya olayotgan maktab haqida koʻpgina bilimlarga ega boʻladilar. Fan oyligi oʻqituvchilar uchun ham, oʻquvchilar uchun ham qiziqarli va taassurotlarga boy boʻlib oʻtdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026