“SIZGA QANDAY YoRDAM BERA OLAMAN” DEB NOMLANGAN NOANʼANAVIY OChIQ DARS OʻTKAZILDI
Mamlakatimizda yoshlarning chet tillarni oʻrganishiga taʼlimning barcha bosqichlarida ham ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada takomillashtirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda.
Hozirgi kunda ingliz tili fani birinchi sinflardan boshlab ogʻzaki nutq va quvnoq oʻyinlar shaklida oʻrgatib kelinmoqda. Oʻquvchilar 2-sinfdan boshlab, asosan til grammatikasini oʻrganishga kirishadilar. Shunisi quvonchliki, oʻquvchilarda ingliz tiliga qiziqish juda kuchli va bu oʻz natijalarini berayotir.
16-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham ingliz tilini oʻrgatish yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Fan oʻqituvchilar yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etib, mashgʻulotlar davomida oʻquvchilarning puxta oʻzlashtirishlarini taʼminlashga harakat qilishmoqda. Noanʼanaviy, yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars mashgʻulotlarini, turli tanlovlarni tashkil qilishib, oʻquvchilarning oʻz bilimlarini namoyish etishlariga imkoniyat yaratishmoqda.
Yaqinda maktabdagi ingliz tili fani boʻyicha tajribali oʻqituvchilardan biri boʻlgan Gulzira Yangiboyeva 4-sinf oʻquvchilarining savodxonligini aniqlaydigan PIRLS xalqaro tadqiqotlar talablari boʻyicha noanʼanaviy ochiq dars tashkil etdi. “Sizga qanday yordam bera olaman” deb nomlangan ushbu qiziqarli mashgʻulotda oʻquvchilarning olgan bilimlarini hayotda qay darajada qoʻllay olish koʻnikmasi sinovdan oʻtkazildi.
Shunisi eʼtiborga sazovorki, oʻquvchilar mazkur darsga puxta tayyorgarliklar koʻrishgani ochiq darsda qatnashgan oʻqituvchilar va ota-onalarni quvontirdi. Oʻqituvchi ularni guruhlarga boʻlingan holda topshiriqlarni bajarishga jalb etdi. Mavzu yuzasidan har bir oʻquvchi oʻz fikrlarini dadil bildirib, oʻzlari ifodalagan gaplarni amalda koʻrsatib ham berdilar. Natijada guruhlar orasida doʻstona muhit yaratildi.
Ochiq dars noanʼanaviy boʻlganligi bois oʻquvchilar ulkan qiziqish va eʼtibor bilan mashgʻulotni davom ettirdilar, gʻoliblik uchun intilish ham gʻoyat samimiy edi. Ochiq dars mavzusi yuzasidan oʻquvchilar oʻzlari darslikdan tashqari sheʼrlarni ifodali aytishdi, ingliz tilida oʻqish va yozish koʻnikmalarini, ogʻzaki nutqini rivojlantirish maqsadida berilgan turli suratlarni sharhlash topshirigʻi, ayniqsa, qiziqarli boʻldi.
Bu topshiriqni oʻquvchilar guruh boʻlib bajarganligi – ularda hamjihatlikda yutuqlar sari intilish hissini uygʻotdi. Dars soʻngida ochiq darsda oʻquvchilarning bilimi, tezkorligi, zukkoligi odilona baholandi. Oʻquvchilarga shu kungi yangi mavzu tushuntirib berildi va uyda bajarish uchun vazifalar topshirildi.
Noaʼnaviy ochiq dars oʻquvchilarning ingliz tilini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini yana ham oshirdi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶