30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 23:50
Jamiyat 👁 431

QARS – IKKI QOʻLDAN ChIQADI

QARS – IKKI QOʻLDAN ChIQADI

Oilaning mustahkam qoʻrgʻonga aylanishi koʻp jihatdan er-xotinning oʻzaro ahilligiga bogʻliq. Oila qoʻrgʻonining ustuni erkak boʻlsa – bu qoʻrgʻonning obodligi ayolning aql-farosati tufaylidir. Lekin koʻpchilik holatlarda oila qadriyatlarining oʻta muhim bu jihatiga eʼtiborsizlik tufayli er-xotin orasiga sovuqchilik tushib, oilaviy mojarolar kelib chiqayotgani sir emas. Koʻp masalalarda erkak oilada oʻz oʻrniga ega emas. Bu deganim, koʻpincha pul topgan yoki chet davlatlarga chiqib ishlab kelgan ayollarning erlariga nisbatan ustunlikka intilishlari, qaynota-qaynonasiga, hatto eriga gap qaytarish, farzandlari kelajagini  oʻylamay, oʻzbirlarmonlik bilan hukmfarmolik qilishlari oqibatida kelib chiqadigan arzimagan holatlar er-xotinning ajrashishiga sabab boʻlmoqda. Axir qaynona ham ona. U nafaqat erining onasi, balki nabiralarining sevimli buvisi. Ana endi ayting, qanday qilib qaynona oʻz jigargoʻshalariga begonalarday munosabatda boʻlishi mumkin?

Koʻpincha kelinposhshalarimiz oila sirini saqlash oʻrniga koʻchaga olib chiqishadi, oila sirini har kimga sochib, qoʻni-qoʻshnilar bilan birga qaynonasining gʻiybatini qiladi. Qarang, oilaviy janjal qayerdan kelib chiqadi? Albatta, kelinning  “ogʻzi boʻsh”ligi va muomalada noʻnoqligi, uquvsizligidan.

Men bir kelinni bilaman u kelin boʻlib tushgan uyidagi tartib-qoidalarni mensimadi, borini koʻtarolmadi, yoʻgʻiga bardoshi yetmadi. Oilasidagilar bilan gap talashib, ota-onasinikiga ketib qoldi. Qizining aybi bor-yoʻqligini, hatto tushunishni ham istamagan onasi: “tor qornimga siqqan qizim keng uyimga ham sigʻadi”, deb janjal koʻtardi. Quda-qudagʻayini, kuyovini tinglamadi. Ikki nabirasi bilan qizini uyiga olib ketdi. Maslahat qilguvchilarni quvib soldi, oʻz soʻzidan qaytmadi.

Oradan vaqt oʻtib, kelinchak mahalla ofisiga kelib, boquvchisi yoʻqligi, uy-joyga muhtojligini aytib, yordam soʻradi. Koʻz yoshini tiyolmagan kelin ming afsus va pushaymon bilan hoʻng-hoʻng yigʻladi. Onasining gapiga kirgani, bolalarini tirik yetim qilgani uchun pushaymonligini aytib, nadomat chekdi. Eri bolalarini oilasiga qaytarish maqsadida  eshigiga necha marta bosh urib borganida koʻnmagani uchun oʻzini-oʻzi laʼnatladi. Lekin endi kech edi,  eri allaqachon uylangan, gʻisht qolipdan koʻchgandi.

Nazarimda yoshlarimizdan koʻra, koʻproq kattalar orasida oqibatini oʻylamay ish qiluvchilar koʻpayib ketayotganga oʻxshaydi. Kattalar yoshlarga turmush qiyinchiliklarini yengib oʻtishda yelkadosh boʻlish oʻrniga ularning notoʻgʻri qaror qabul qilishlariga zamin yaratib, yuqoridagi kabi koʻngilsiz holatlarning yuzaga kelishiga sababchi boʻlmoqda.

Xalqimizda “qars – ikki qoʻldan chiqadi”, degan ibratli hikmat bor. Demak, hurmatli qaynonalar ham oʻz oʻrnida yangi tushgan kelinning yangi oila tutumlariga koʻnikib ketishlari uchun sharoit yaratishlari, kelinga bilmaganlarini oʻrgatib, oila qadriyatlaridan saboq berishlari kerak boʻladi. Erini sevgan kelin hech qachon uning onasini behurmat qilmaydi. Nazarimda, qaynonalarning ortiqcha talablari, qaynsingillarning qaynonalik qilishga moyilliklari, baʼzi qaynotalarning ogʻir-bosiq boʻlmasliklari, ota boʻlib oilada adolat tamoyillariga amal qilmasliklari kelinposhshalarning “tili chiqishiga” olib keladi.

Demak, qanday vaziyatda boʻlmasin, oilaning ustuni boʻlmish erkak, u qaynotami, yosh otami, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, oʻz oʻrni, mavqeini bilib ish tutishi, qaynona qaynotadan, kelin esa umr yoʻldoshidan maʼlum maʼnoda bir pogʻona pastda turishlarini unutmasligi kerak. Ana shunda, azizlar, oilada hamma ish joyida, badastir boʻladi.

Gulbahor OʻROZOQOVA, Chordara mahalla fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari, keksalar va faxriylar masalalari boʻyicha maslahatchi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026