KÖÇAT EKIŞ HAM MAʼNAVIYaT
Bahorning taşrifi eng avval boğlardan boşlanadi, deyişadi. Bu gapda jon bor, albatta. Sababi, köklamning ilk yumuşlari köçat ekiş, yangi boğlar yaratiş, avvalgi boğlarga şakl berişdan boşlanadi. Köçat ekiş, turli daraxt qalamçalarini tayyorlaşning ham öziga xos gaşti bor. Buni boğbon-u sohibkorlar juda yaxşi bilişadi.
Har yilgi erta köklamda bir holatga alohida eʼtibor beraman: mahallalarda, tumanimizning olis ovullarida yöl böylariga, ariqlar çetiga ötqazilgan köçatlarning tuproqqa ildiz qöyib, unib ketişi juda qiyin. Nima uçun? Çunki ekilgan nihollar köçat ekiş mavsumidan söng, negadir unutiladi. Unutilgan nihollar eʼtiborsizlik tufayli, albatta, qurib qoladi.
Xöş, nihollar unib-ösib, tuproqqa ildiz qöyişi uçun nimalarga eʼtibor beriş kerak?
Avvalo şuni aytiş kerakki, iloji bölsa, yangidan köçat ekiladigan hududlarda kuz mavsumida çuqurçalar kovlab qöyilgani maʼqul. Sababi, kovlangan çuqurçalar qiş böyi qor va yomğir suviga, şuningdek, kuzgi-qişgi suğoriş mavsumida yaxob suviga töyinadi. Töyingan, bağri şamollab, yangi havo olgan çuqurçalarga ötqazilgan nihol juda tez rivojlanadi. Bir joydan ikkinçi joyga köçirilayotgan niholning ildizini avaylaş, iloji bölsa, şamol taʼsiridan saqlaş kerak.
Anor daraxti uçun suv kamroq tuşadigan unumdor yer tanlagan maʼqul. Anorni tez-tez bostirib suğoraversa, hosili kamayib, ildizpoyalari atrofida zaxlaniş kuzatiladi. Şuning uçun anor daraxtini zaxlaniş bor joyga ekmagan maʼqul.
Anjir – köp yillik daraxt. Şu bilan birga uning mevasi ming dardga davo hisoblanadi. Anjir daraxtini ham xuddi anor kabi unumdor yerga, iloji bölsa, boğning çetroğiga, suğoriş qulay bölgan joyga ötqazilsa, tez unib ketadi. Anjir yaxşi parvariş qilinsa, avloddan-avlodga yetgulik meva beraveradi. Mevasi sarğiş tus ola boşlagan paytda suğorilsa, mevalari juda şirin, tez pişadi, to kuzgaça mazza qilib, anjir mevasiga töyasiz.
Daraxt qalamçalarini tayyorlaşda soğlom, töğri nard (şoxa)lar tanlab olinadi. Oq terak, böy terak, kök terak, qurilişda eng baquvvat kegay terak, oq tol va qoratol novdalarini 50-60 santimetr uzunlikda qirqib, yerga suqib qöyiladigan qismi jindaygina yöniladi. Bunda novdaning özak qismi oçilib, pöstloği salgina olinadi. Şunday qilinsa, novdaning özagidan tuproqning tepa qismida qolgan qismiga oziq uzatilişi oson böladi. Qalamçalar tez-tez suğorib turilsa, ildiz qöyişi ham tezlaşadi.
Boğ yaratiş ham öziga xos mehnat va sanʼatkorlikni talab etadi. Doimiy ravişda şu işga ixlos bilan yondaşib, har bir niholga alohida mehr bersangiz, aslo yutqazmaysiz.
Daraxtlarni bir-biriga payvandlaş orqali esa boğingizda yuqori hosilli meva navlarini yaratişingiz mumkin. Masalan, mening boğimda naşvati va nokning bir neça turi, yonğoq, bodom, ananas, örikning eng sarxillari, serhosil anjir, bir neça xil uzum, anor daraxtlari barq urib ösib turibdi. Gilos, olça, şaftoli, şotutning bir neça turlaridan har yili möl-köl hosil olamiz. Ham oilaga, ham el-yurtga foydali, darmondorilarga boy mevalar dasturxonimiz va hayotimiz körkidir.
Köçat eking, yaxşilab parvarişlang, ekib, aslo unutib yubormang. Köçat ekiş ham yuksak maʼnaviyat belgisidir.
R. YeŞÇANOV,
Çoyköl ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶