29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:34
Fan va taʼlim 👁 437

TABIIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDAGI OChIQ DARS VA TOʻGARAK MAShGʻULOTLARI OʻQITUVChI MAHORATINI VA OʻQUVChILAR BILIMINI OShIRDI

TABIIY FANLAR OYLIGI DOIRASIDAGI OChIQ DARS VA TOʻGARAK MAShGʻULOTLARI OʻQITUVChI MAHORATINI VA OʻQUVChILAR BILIMINI OShIRDI

Mart -  tabiiy fanlar oyligi sifatida umumtaʼlim maktablarining ushbu fanlar oʻqituvchilari uchun ham, tabiiy fanlarga  qiziquvchi oʻquvchilar uchun ham qiziqarli taassurotlarga boy boʻladi. Taʼlim muassasalarining uslubbirlashma rahbari tomonidan amaliy mashgʻulotlarga asoslangan dars ishlanmalari yuzasidan tajriba-almashuv soatlari, shuningdek, ochiq darslar oʻtkazilishi anʼanaga aylanganligi boisdan oylik doirasida bunday tarzdagi mashgʻulotlar ham tashkil etiladi.

Tumanimizdagi 6-sonli umumtaʼlim maktabining kimyo fani oʻqituvchisi Rufat Shomurodov oʻz darslarida yangi pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda mavzuni toʻliqroq ochish maqsadida laboratoriya mashgʻulotlarini ayrim holatlarda tabiat bagʻrida oʻtkazishga harakat qiladi. Ayniqsa, tuproq tarkibini aniqlash, oqar suvning kimyoviy xossalari, jonli tabiatda fasllar oʻzgarishi bilan sodir boʻladigan hodisalarning kimyoviy xususiyatlari haqida oʻquvchilarga qiziqarli maʼlumotlar berib boradi. Oʻqituvchining bu shaklda dars oʻtish uslubi oʻquvchilarda kimyo faniga boʻlgan qiziqishni yanada oshirib, ularning har bir mavzuni hayotiy misollar vositasida idrok etishini taʼminlamoqda.

Fan oyligi munosabati bilan oʻtkazilgan ochiq darsda kimyo va biologiya fanlarining oʻzaro yaqinligi, tabiatda kechayotgan kimyoviy va biologik jarayonlarning uzviyligi qiziqarli maʼruzalar va laboratoriya mashgʻulotlarida zanjirli reaktsiyalar asosida tushuntirib berildi. Xususan, tabiatda jonlanish kechayotgan ayni paytdagi jarayonlarga oʻquvchilarning eʼtibori jalb etildi. Kunlar isishi, yerga quyosh nurining taʼsiri tufayli yuz beradigan yerdan hovur koʻtarilishi, yaʼni namlik va bugʻlanish jarayonlarida sodir boʻladigan kimyoviy hodisalar misollar, masalalar yechish orqali oʻquvchilarga namoyish etildi. Ushbu jarayonlarda Mendeleyev davriy sistemasidagi qaysi elementlar ishtirok etishi xususidagi savollarga oʻquvchilar aniq va puxta javoblar berishdi.

Shuningdek, tabiiy fanlar uslubbirlashmasi rejasiga muvofiq oʻtkazilgan “biologiya fani bilimdonlarimiz” mavzusidagi ochiq dars ham qiziqarli savol-javoblarga boy boʻldi. Bunda oʻquvchilar oʻzlarining biologiya fanidan olgan bilimlarini toʻgarak va laboratoriya mashgʻulotlari orqali namoyish etishdi. Xususan, tabiatda yuz beradigan fotosintez hodisasi, karbonat angdrid gazining parchalanishi va kislorod hosil boʻlishi jarayonlari xususidagi oʻz bilimlarini mustahkamladilar. Bundan tashqari, inson organizmining genetik xususiyatlari,  RNK va DNK zanjiri, insonning  immun tizimi haqidagi savollar doirasida xotira-sinov mashqlari oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan ochiq darslar umumlashtirilib, tabiiy fanlar oʻqituvchilari mahorati va oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajalariga baho berildi.

Shunisi ahamiyatliki, tabiiy fanlar oyligi doirasida maktabda oʻtkazilgan barcha tadbirlarda fan oʻqituvchilari ilgʻor innovatsion pedtexnologiyalardan samarali foydalanganlari bois, oʻquvchilarning har bir mavzuni qunt bilan oʻzlashtirishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Bu kabi tadbirlar tabiiy fanlar uslubbirlashmasi tomonidan nafaqat fan oyligi doirasida, balki yil davomida amalga oshiriladi. Shu bois, maktab oʻquvchilari orasida tabiiy fanlar boʻyicha, ayniqsa, kimyo fanidan oʻtkaziladigan fan olimpiadalarining tuman va Respublika bosqichi gʻoliblari bor. Xususan, kimyo fani oʻqituvchisi  Rufat Shomurodovning oʻquvchilari orasida mamlakatimizdagi eng nufuzli Oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan yoshlar talaygina. Bunda, albatta, nafaqat fan oʻqituvchisi, balki tabiiy fanlar boʻyicha uslubbirlashma tomonidan olib borilayotgan rejaviy tadbirlar, oʻquvchilar bilimini oshirishga qaratilgan mazmunan boy ochiq darslar, toʻgarak mashgʻulotlarining ham ahamiyati katta.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026