28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:11
Qishloq xoʻjaligi 👁 375

YeTTI XAZINANING BIRI – IPAK QURTI BOQISh MAVSUMI BOShLANDI

YeTTI XAZINANING BIRI – IPAK QURTI BOQISh MAVSUMI BOShLANDI

Har yilgi rejalarini ortigʻi bilan ado etib kelayotgan amudaryolik pillakorlar bu yilgi mavsumni ham moʻl hosil umidi bilan boshlab yuborishdi.

Mana bu tutzordagi daraxtlar oraligʻida ekilgan ekinlarning  rivojini koʻrib, ham peshona teri evaziga moʻl hosil yetishtirayotgan, ham ipak qurti boqishdek mashaqqatli ishning uddasidan chiqayotgan mehnatkash insonlarga koʻnglingizda hurmat-ehtirom uygʻonishi tabiiy. Erkin Rasulov rahbarligidagi fermer xoʻjaligi hududidagi bu manzara, barq urib rivojlangan tutzor bogʻ koʻrgan koʻzni quvnatadi.

Aytish joizki, 7-10-may kunlari oraligʻida tumanimizning turli hududlarida tashkil etilgan 16 ta inkubatoriyalarda 3768 quti xorijiy navli ipak qurti urugʻlari jonlantirilib, 1492 nafar kasanachilarga va 266 ta fermer xoʻjaliklariga tarqatildi. Mavsum boshida pillakorlarga har bir quti ipak qurti uchun 240 ming soʻmdan boʻnak puli berildi. Hosil yigʻishtirib olingach, topshirilgan har bir kilogramm pilla uchun 20 ming 400 soʻmdan haq toʻlanishi rejalashtirilgan.

Hozir parvarish qilinayotgan ipak qurtlari ikkinchi yoshida. Pillakorlar uchun kunni-kun, tunni-tun demay mehnat qiladigan kunlar boshlanayapti. Boisi, ipak qurtlari kun oʻtgani, ulgʻaygani sayin ozuqaga, yaʼni tut bargiga koʻproq ehtiyoj seza boshlaydi.

Mavsum davomida ozuqa taqchilligi yuz bermasligi uchun tumanimizda tut plantatsiyalari tobora kengaytirilmoqda, mavjud tut daraxatlari sifatli parvarish qilinib, moʻl ipak qurtlari  ozuqa bazasi yaratilmoqda.

 

 

Bu yil koʻklamda ham 343 ming dona tut koʻchatlari yangidan  ekildi va 50 gektarga yaqin maydonda yangi tutzorlar barpo etildi. Avvalgi yillarda tut koʻchatlari dala chetlariga, ariqlar boʻylariga ekilgan boʻlsa, keyingi yillarda gektarlab ekish yoʻlga qoʻyildi. Buning afzalligi koʻp, gektarlab ekilgan niholni parvarishlash, qator oralarini yumshatish, oziqlantirish oson boʻladi va daraxtlar mahsuldor boʻladi. Qolaversa, pillakorlarga tut koʻchatlari ekilgan maydonlar boqayotgan ipak qurti miqdoriga qarab boʻlib berilgach, manfaatdorligi ortadi. Yaʼni, tutlar oralariga turli ekinlar ekib, hosil olishadi va qoʻshimcha daromadga ega boʻlishadi.

Qilichboy ovulining “Xizr eli” mahallasida istiqomat qiluvchi Rohatoy Qurbonovaning asl kasbi pillachilik agronomi. Kasbini ado etish bilan cheklanmay, oʻz uyida har yili bir quti ipak qurtini parvarishlab, rejadagidan ziyod va sifatli pilla yetishtiradi.

U bu yil ham bir quti ipak qurti boqayapti. Bu ishda unga turmush  oʻrtogʻi, oʻgʻli, qizi yordam berayapti. Sababi tutzordan barg olib kelish, bir tekis qilib  qurtlarga solish, qurt boqilayotgan xona haroratini bir maromda saqlash lozim.

Hozir Rohatoy Qurbonova parvarishlayotgan ipak qurtlari tez rivojlanmoqda va uchinchi yoshiga kirish arafasida. Ayni paytda ipak qurtlari bir maromda oziqlanmoqda. Xonadagi harorat va namlikning bir meʼyorda saqlanishiga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Tajribali pillakor koʻzlayotgan marra esa yuksak.

Tumanimizda muhim tarmoqlardan biri hisoblanmish pillachilikdan yuqori hosil yetishtirish va moʻl daromad olish yoʻlidagi ishlar tobora qizgʻin tus olmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026