TIL – MILLATNING MAʼNAVIY BOYLIGI
Til – millatning ruhini aks ettiruvchi, maʼnaviy qiyofasidir. Har bir mil-latning oʻz Vatani, oilasi boʻlgani kabi uning jonajon ona tili ham boʻladi. Inson uchun ona tili oilasi va Vatani kabi muqaddasdir.
“Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor goʻzalligi va jozibasini toʻla namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va muta-xassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid entsiklopediya va lugʻat-lar, darslik va oʻquv qoʻl-lanmalari chop etildi. Besh jilddan iborat “Oʻzbek ti-lining izohli lugʻati” chi-qarildi.
Dunyodagi barcha xalqlar oʻzining milliy rasmiy tiliga ega emas. Chunki bu xalqning milliy mustaqil-ligi bilan bogʻliq. Qachonki bolalar oʻz ona tillarida oʻqishni, gapirishni toʻxta-tib qoʻyar ekan, oʻsha til yoʻ-qolib ketish arafasiga kelib qoladi.
Biz yosh avlodga oʻz ona tilini va adabiyotini yax-shi koʻrishni, sabr-toqatli boʻlishni, madaniy va maʼ-naviy merosidan faxrla-nishni, boshqalarning til-larini hurmat qilishni uqtirib borsak, yaxshi boʻladi.
Nodira OʻROZBOYeVA,
55-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶