Xavfli kasallikdan ehtiyot böling
Quturiş hayvonlar va odamda uçraydigan, asab tizimining oğir şikastlanişi bilan keçadigan öta xavfli yuqumli virusli kasallikdir. Odamlar uçun kasallik manbai bölib: quturgan uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, kemiruvçilar barça issiq qonli hayvonlar hisoblanadi Jumladan it, muşuq sigir, ot, eşak, çöçqa, çiyaböri, tulki, quyon, siçqon va kalamuşlar quturiş kasalligini odamlarga yuqtirişi mumkin. Odamlarga quturiş kasalligi 90-95 holatlarda itlardan yuqadi.
YuQIŞ YÖLLARI:quturiş kasalligi odamga asosan, quturgan hayvonlarning tişlaşi, tirnaşi, şuningdek virus odamga jarohatlangan teri va şilliq qavatiga (oğzi; közi, burni) quturgan hayvon sölagi tuşişi orqali ötişi mumkin. Quturgan hayvonlar sölagi kasallikning yagona yuqiş yölidir. Kasallik odamdan odamga, odamdan hayvonga yuqmaydi.
POTOGENEZ.Quturiş virusi odam organizmiga tuşgandan keyin kasallik birdaniga boşlanmaydi, dastlab virus periferik nervlar atrofida suyuqlik oqimi bilan orqa va boş miyaga yetib boradi, miya töqimasida köpaya boşlaydi. Bu jarayon belgisiz keçadi va kasallikning yaşirin davri deyiladi. Bu davr bir haftadan bir yilgaça, baʼzida undan ham köproq bölişi mumkin. Kasallikning örtaça yaşirin davri 1,3 oyni taşkil etadi. Bu davrning çözilişi yoki qisqarişi jarohat yetkazgan hayvonga, jarohat hajmiga, çuqurligiga, joylaşgan joyiga boğliq. Masalan: boş, böyin, yuz, panja, qöl kafti, barmoqlarda jarohat joylaşsa yaşirin davri (inkubatsion davr) qisqa böladi.
KLINIKASI:ötkir yuqumli zoonoz kasallik bölib odamlarda va hayvonlarda boş va asab tizimi zararlanişi bilan xarakterlanadi. Klinik keçişiga qarab 3 davrga bölinadi: 1-boşlanğiç, 2- avj oliş, 3-falajlik.
Bemorning tişlangan joyi qiçiydi, tortişib oğpiydi, bitgan jarohat va çandiq takroran yalliğlanişi mumkin. Tuşkunlikka tuşadi, ğamgin bölib qoladi, uyqusi buziladi, iştahasi böğiladi, unda qörquv hissi paydo böladi, kayfiyati özgarib turadi, atrofga loqayd böladi. Tana harorati kötariladi, yurak urişi tezlaşadi. Bemorda suvdan, havodan va yoruğlikdan qörqiş (gidrofobiya, aerofobiya, fotofobiya) holatlari paydo böladi, şuningdek nafas olişi qiyinlaşadi.
It tişlaganda birinçi tibbiy yordam: jarohat olgan joydagi yaralarni oqar suvda va qir sovun bilan yuvib, jarohat atrofi 70 foizli spirt yoki 3 foizli yod bilan işlov berilib, asseptik boğlam qöyiladi.
Agar Sizni hayvon tişlasa yoki sölagi jarohatlangan teri va şilliq qavatingizga tuşsa, unda Siz zudlik bilan tibbiy yordamga murojaat qilişingiz hamda mutaxassis şifokorning tavsiyasiga köra, quturişga qarşi öz vaqtida va töliq emlanişingiz lozim. Bu bedavo, öta xavfli kasallikdan özingizni saqlang.
Soliy XOLIMBETOV,
köp tarmoqli markaziy poliklinikaning 1-toifali travmatolog şifokori.
(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶