EHTIYoT BÖLING: Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi
Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi virus qözğatadigan, tabiiy şaroitda kanalar orqali yuqadigan öta xavfli yuqumli kasallikdir. Respublikamizda yirik va mayda şoxli hayvonlarda uçraydigan iksod kanalari gemorragik isitma kasalligi virusining saqlovçisi (taşuvçilari), kemiruvçilar, yirik va mayda şoxli mollar esa gemorragik isitma virusining manbalari hisoblanadi. Kasallik faoliyati çöl hududlari, yaʼni tabiiy öçoqlar bilan boğliq bölgan kasb egalari (çöpon, ularning oila aʼzolari, mol boquvçilar, ovçilar, qöylar juni qirqimiga vaqtinça jalb qilinganlar)da köproq uçraydi.
Uşbu kasallik özida gemorragik virusini saqlaydigan kanalarning çaqişi va qöllar kana qoni bilan ifloslanişi natijasida odamlarga yuqadi. Bundan taşqari, kasallik odamga şu kasallik bilan oğrigan bemorning qoni orqali ham yuqişi mumkin. Kasallikning yaşirin davri örtaça 2-3 kun davom etadi. Baʼzida bu davr bir neça soatlargaça qisqarişi yoki 14 kungaça çözilişi mumkin. Kasallik ötkir boşlanib, tana harorati kötarilişi (39-40 daraja), badan sovuq qotib qaltiraşi, muşaklar oğrişi, badanga toşma toşişi, böyin, kökrak qismi terilari qizarişi, milk, burun, oşqozon-içaklardan qon ketişi kabi alomatlar bilan namoyon böladi. Baʼzi holatlarda kasallik oğir keçib, bemordan qon ketişi natijasida ölim qayd etiladi. Mazkur kasallik gemorragik belgilarsiz şaklda ham keçişi mumkin. Kasallikning bu şaklida badanda toşmalar toşmaydi, qontalaşlar kuzatilmaydi, organlardan qon ketmaydi. Kasallik asosan isitma va zaharlaniş alomatlari bilan keçadi.
Bahor paytida köpçilik tabiat quçoğida, yaʼni Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi böyiça tabiiy öçoqli hisoblangan hududlarda dam oladi. Ularga kasallikdan saqlaniş uçun quyidagilarga rioya qiliş tavsiya qilinadi.
Çöl hududida dam oliş uçun möljallangan joy mol boqiladigan yaylovdan kamida 2-3 çaqirim masofa uzoqda bölişi kerak.
Bordi-yu, dam oliş hududida kanalar aniqlansa, unda zudlik bilan dam oliş joyini özgartiriş zarur. Dam olişga çiqqanda individual dori qutisi va unda 10 milligramm yod eritmasi, bakterosid plastir, 3-4 ta paxtali tayoqça, 2-3 juft rezina qölqop, qisqiç, ozroq ösimlik yoği va etil spirti bölişi kerak. Dam oladiganlar vaqti-vaqti bilan özlarini tekşirtirib turişi lozim.
Agar badanga kana yopişganligi aniqlansa, tezda yaqin joylaşgan tibbiy muassasaga murojaat qiliş kerak. Agar yoş bolaga kana yonişgan bölsa, kattalardan biri uni ehtiyotkorlik hamda himoyalangan qöli bilan olib taşlaşi zarur. Dastlab kana yopişgan joyga 2-3 tomçi ösimlik yoği tomizib, 10-15 daqiqa kutiş kerak. Qöllarga rezina qölqop kiyib, qisqiç yoki ip yordamida sekin-asta teriga yopişgan kana olinib, şu joyga paxta tayoqça yordamida yod surtiladi va ustiga plastir yopiştiriladi. Olingan kana penitsillin flakonga solinib, oğzi tiqin bilan bekiladi va yoqib taşlanadi. Işlatilgan rezina qölqoplar 70 foizli etil spirti bilan işlov berilgaç, yeçiladi va yoqib yuboriladi. Kana çaqişidan ehtiyot qiliş maqsadida teri yuzasi imkon qadar kiyimlar bilan bekilişi kerak. Kana köpinça oyoqlar orqali kirişini inobatga olib, şim poçalari mahkam boğlanişi zarur. Agar biron kişini kana çaqsa, qöllari kana qoni bilan ifloslansa, isitmasi oşib, burun, milklar, oşqozon-içaklar, baçadondan qon ketsa, bunday bemorlarga yordam körsatganda bemorning qoni teri va şilliq qavatlarga tekkan bölsa, unda yordam körsatgan odam ham tibbiy yordamga murojaat etişi lozim. Bundan taşqari, çöl hududlaridan, bozorlardan mayda va yirik şoxli mollarni kanaga qarşi işlov bermasdan uyga olib kelmaslik, mollarda kana aniqlansa, darhol veterinariya xodimlariga murojaat qilib, ularning tavsiyasi asosida kanalarga qarşi işlov beriş kerak. Şuningdek kanalarni qöl bilan ezib va qayçi bilan kesib öldirmaslik, qirqim mavsumiga yoş bolalar, ösmirlar va homilador ayollarni jalb etmaslik şaxsiy gigiyena qoidalariga puxta amal qiliş kasallikning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.
J.Yavqaşev,
tuman Salomatlik markazi direktori.
(Foto - http://mku.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶