ENDI OʻQUVChI ERIShGAN NATIJA KUNDALIK.SOM SAYTIDA ShU ZAHOTI AKS ETADI
Yangi oʻquv yilidan Vazirlik tizimida juda katta oʻzgarishlar boʻlmoqda. Xususan, oʻqituvchilar yuritadigan hujjatlar soni qisqarmoqda, 1-2-sinflarda tajriba-sinov tariqasida Milliy oʻquv dasturiga koʻra, yangi baholash tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Avvallari oʻqituvchilar yuritadigan hujjatlar soni 3 ta boʻlsa, endilikda faqat bitta jurnal yuritish belgilandi. Bu biz oʻqituvchilar uchun qoʻshimcha boʻsh vaqtni oʻquvchilar bilimini oshirishga qaratish imkonini beradi.
Ayni paytda bizning 55-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi 2020-2021 yangi oʻquv yiliga shay holatga keltirildi. Maktabimiz toʻliq taʼmirlandi. Mazkur oʻquv yilida maktabimizga 84 nafar oʻquvchilar 1-sinfga qabul qilinadi.
Yangi oʻquv yilidan tumandagi namunali 4 ta maktab qatori, bizning 55-sonli maktabimiz ham kundalik.com, yaʼni yangi elektron baholash tizimiga oʻtmoqda.
Bu tizim orqali biz qogʻoz jurnal va qogʻoz kundalik kabi ortiqcha qogʻozbozliklardan butunlay voz kechmoqdamiz. Bu tizimning afzallik taraflari shundaki, oʻquvchi olgan har bir baho elektron jurnalga qoʻyiladi va ota-ona kundalik.com sayti orqali shu zahoti farzandining oʻqishi va xulqi haqida tezkor va toʻliq maʼlumot bilan taʼminlanadi. Oʻqituvchilar qoʻshimcha jurnal toʻldirishlar, hisobot, davomat hisoboti kabi bir qancha qogʻozbozlik ishlaridan qutulishadi. Shu bilan birga oʻqituvchilarning zamonaviy axborot texnologiya vositalaridan foydalanish koʻnikmasi ham oshib boradi. Qisqasi, men yangi oʻquv yilini juda orziqib kutmoqdaman, yangi baholash tizimining afzalliklari, mazmun va mohiyati qay darajada yuqoriligini oʻz pedagogik faoliyatim orqali namoyon etish niyatidaman.
Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarimni, ustoz-u shogirdlarimni, maktab ostonasiga yorqin orzular bilan ilk qadam qoʻyayotgan jajji bolajonlarni yangi oʻquv yili va eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz – mustaqillik ayyomi bilan chin dildan muborakbod etaman.
Guljahon TOʻRAYeVA, 55-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶