MAKTAB, OILA VA JAMOATChILIK HAMKORLIGI TARBIYaDA YaXShI SAMARA BERADI
Qalbda faxr bilan ayta olamanki, mening Vatanim, bu mening xalqimdir. Shu xalq, shu Vatan farzandlari birinchi navbatda sogʻ-salomat boʻlsa, baxti barkamol, maʼnaviyatli, bilimdon, qalbida ona Vatanga muhabbat, sadoqat, oʻz tarixi, qadriyatlariga hurmat-ehtiromi yuksak avloddir. Shunday barkamol avlodning maʼnaviy-axloqiy shakllanishi murakkab jarayondir, u tizimli ish olib borishni talab etadi. Birgina taʼlim muassasasi emas, maktab, oila va jamoatchilikning birgalikdagi hamkorligi bunda yaxshi samara beradi.
Bolaning xarakteri, asosan, oilaviy muhitda shakllanadi. Ota-ona oʻz farzandining muayyan faoliyatiga kirishish motivatsiyasi, faolligi va tortinchoqligi, shoʻxligi, tasavvuri, ehtiyotkorligi va kirishuvchanligini yaxshi biladi. Uzluksiz ravishda olib boriladigan maktab, oila va jamoatchilikning har bir bosqichida barkamol avlod tarbiyasiga eʼtibor qaratiladi va biz bu orqali Vatanimizga munosib farzand boʻla oladigan, davlatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshadigan, buyuk ajdodlarimiz va bugungi kunda Prezidentimiz orzu qilgan barkamol shaxsni tarbiyalashga erishishimiz mumkin. Shuning uchun ota-onalarning bolaning maʼnaviy-axloqiy shakllanishidagi taʼsiri katta. Shunday ekan ota-onalar bilan ishlash maktab taʼlim-tarbiyaviy ishlarning bir qismiga aylanishi zarurdir.
Demak, jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatanparvar, xalqsevar, mard, har tomonlama sogʻlom, bir soʻz bilan aytganda maʼnaviy barkamol shaxslarni tayyorlash bizning oldimizdagi maʼsuliyatli burchimizdir. Shunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga eʼtiborli boʻlaylik.
Umida Xolmurodova, 4-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶