29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:10
Fan va taʼlim 👁 342

HAYoT YOʻLIDA BIRINChI MASALA – MAKTAB DEB BILGAN USTOZLAR YuTUGʻI

HAYoT YOʻLIDA BIRINChI MASALA –  MAKTAB DEB BILGAN USTOZLAR YuTUGʻI

Mamlakatimizda maktab taʼlimini, ayniqsa, umumiy  oʻrta taʼlimni rivojlantirish borasidagi islohotlar tufayli oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasi jahon andozalariga mutanosib tarzda olib borilmoqda.
Soʻnggi yillarda tumanimiz xalq taʼlimi tizimi sohasida ham sezilarli  oʻzgarishlar kuzatilayotgani quvonarli. Bugungi davr maktabi va zamon bilan hamnafas oʻqituvchilar faoliyatidagi ijobiy oʻzgarishlar, taʼlim-tarbiya yoʻnalishidagi erishilayotgan yutuqlar buning yaqqol dalilidir.
Bundan bir necha yil avval tumanimizdagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi tuman maktablari orasida eng reytingi past bilim dargohlaridan biri sanalardi. 2007-yilda ilk faoliyatini boshlagan mazkur maktabda dastlab 7 tagina sinf tashkil etilib, taʼlim-tarbiya ishlariga 25 nafar oʻqituvchi jalb etilgan. Garchi oʻsha paytda yetarli shart-sharoit boʻlmasa-da, maktab oʻquvchilari fanlar olimpiadasining respublika bosqichlarida faxrli oʻrinlarni egallashgan.
Ayni paytda maktabda fizika-matematika fanlarini oʻqitish boʻyicha oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Mazkur ilm dargohida 2018-2019 oʻquv yilida oʻz faoliyatini davom ettirayotgan ustoz, tajribali matematika fani oʻqituvchisi Azimboy Saparboyev erishayotgan yutuqlar havasga munosib. Azimboy ushbu maktabda ish faoliyatini boshlagan 2018-2019 oʻquv yilida 11-sinf oʻquvchisi B.Toʻliboyev matematika fani boʻyicha fanlar olimpiadasining barcha bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni egallab, shu yili Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindi.
2019-2020 oʻquv yilining ikkinchi yarmi oʻqituvchilar uchun ham, oʻquvchilar uchun ham jiddiy sinovlar bilan oʻtdi. Onlayn dars jarayonlariga oʻquvchilarni toʻliq qamrab olish, ularning iqtidorlarini rivojlantirish, umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan anʼnaviy fanlar olimpiadalaridagi ishtirokini taʼminlash oson boʻlmadi, albatta. Mamlakatimizda qatʼiy karantin choralari qoʻllanilib turgan bir sharoitda ham 56-sonli maktabda matematika va fizika, shu bilan birga ona tili va adabiyot fanlari oʻqituvchilari hamjihatlik bilan mehnat qilishdi.
Pandemiya sharoitida A.Saparboyev uchun 2019-2020 oʻquv yili muvaffaqiyatli yakunlandi. Uning rahbarligida texnologiya yoʻnalishi boʻyicha maktabda variativ oʻquv rejasiga koʻra tashkil etilgan chuqurlashtirilgan usulda oʻqitish guruhlari oʻquvchilari oʻzlarining yuksak iqtidor egalari ekanliklarini amalda namoyish etishdi. 10-11-sinflar oʻquvchilaridan S.Qadamboyev va I.Fayzullayevlar matematika fani boʻyicha fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 1-oʻrinni egallashdi. I.Fayzullayev namunali xulqi va yuksak iqtidori uchun 2019-2020 oʻquv yili yakuniga koʻra, maktabni oltin medal bilan tugatdi.
Shuni alohida qayd etish joizki, uning rahbarligida 2019-2020 oʻquv yilining yanvar oyi boshida variativ oʻquv rejasi asosida tashkil etilgan texnologiya yoʻnalishidagi guruhda matematika va fizika fanlaridan chuqurlashtirilgan dastur asosida taʼlim olgan  oʻquvchilarning deyarli barchasi OTMlarga hujjat topshirishib, davlat test sinovlaridan yuqori ball toʻplashga erishdilar. Mazkur guruh oʻquvchilaridan I.Fayzullayev Toshkent davlat Iqtisodiyot Universitetiga hujjat topshirib 185,9 ball toʻplagan boʻlsa, D.Sobirovlar ushbu Universitet talabasi boʻlish uchun 185,8 ball toʻplab, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindilar. R.Soatboyev esa 176 ball natijaga erishib, ushbu Universitetga toʻlov shartnoma asosida oʻqishga qabul qilindi.
Bundan tashqari, chuqurlashtirilgan taʼlim guruhi oʻquvchilaridan M.Abdurahmonova NDPIning boshlangʻich taʼlim yoʻnalishiga hujjat topshirib, 182,8 ball, B.Qadamboyeva 173,4, A.Qilichbekov 176,3 ball natija bilan QDU talabasi boʻlishga erishdilar.
Variativ oʻquv guruhida taʼlim olgan 33 nafar oʻquvchidan 10 nafari davlat granti, 17 nafari esa toʻlov shartnoma asosida OTMlarga qabul qilindilar. Bu yutugʻi bilan 56-sonli maktabning variativ  oʻquv guruhi OTMlarga eng koʻp oʻquvchilari kirgan maktab sifatida tumanda va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1-oʻrinni egalladi.
Xususan, QDU talabasi boʻlishga erishgan M.Jumaboyev, OʻzMU test sinovlarida yuqori natijalarga erishgan S.Gulmonova, L.Olimovalarning ota-onalari quvonchining cheki yoʻq.
Biz ijodiy guruhimiz bilan 56-sonli maktabda oʻz quvonchlarini aziz ustozlari bilan baham  koʻrishga kelgan bitiruvchi yoshlar bilan muloqotda boʻldik. Ularning  shaffoflik, oʻta qatʼiy tartib-qoidalar asosida oʻtgan OTMlarga qabul sinovlaridan olgan taassurotlari, oʻzlari erishgan yutuqlari haqida toʻlib-toshib soʻzlashlaridan bildikki, bu yilgi pandemiya sharoitida boʻlib oʻtgan davlat test sinovlaridan, maktabdagi ustozlaridan yoshlar mamnun.
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, maktabda A.Saparboyev rahbarligida yana bir chuqurlashtirilgan taʼlim-tarbiya guruhi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Milliy tiklanish Demokratik partiyasi tuman Kengashining “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida  tashkil etilgan mazkur guruhda har  yili oʻnlab oʻquvchi-yoshlarga matematika va fizika fanlaridan chuqurlashtirilgan taʼlim beriladi. Bu yilgi OTMlarga qabul jarayonlarida “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida taʼlim olgan oʻquvchilarning 90 foizi talaba boʻlishini mamnuniyat bilan qayd etgan A.Saparboyev va fizika fani oʻqituvchisi X.Chorshamovlar ayni paytda 2020-2021 oʻquv yili uchun texnologiya yoʻnalishi boʻyicha chuqurlashtirilgan taʼlim yoʻnalishi guruhida oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilar safi oshib borayotganini bildirishdi. Ayniqsa, “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida taʼlim olishi rejalashtirilayotgan guruh uchun oʻquvchilarni saralash, ota-onalar bilan hamkorlik masalalari ijobiy hal etilayotgani yanada quvonarli. Chunki mazkur loyiha doirasida taʼlim olgan ikki nafar oʻquvchi joriy yilda Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi Xalqaro Vestminster Universiteti talabasi boʻlishdi. Boshqa OTMlarga kirganlari ham talaygina.
Oʻz hayot yoʻllarida birinchi masala – maktab deb bilgan bu insonlarni oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026