29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:08
Fan va taʼlim 👁 291

OʻQITUVChILAR SULOLASINING MUNOSIB VAKILI

OʻQITUVChILAR SULOLASINING MUNOSIB VAKILI

Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni turli axborot xurujlari, mentalitetimizga yot gʻoya va qarashlardan ishonchli himoya qilishning yoʻli – ularga maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida munosib taʼlim-tarbiya berish, bilimli va maʼnaviyatli qilib voyaga yetkazishdir.

Bejizga maktablarni mevali bogʻlarga, ustoz-muallimlarni bogʻbonlarga oʻxshatishmaydi. Qutlugʻ maskan – maktab bagʻriga talpinib kelgan murgʻak bolaning ertaga qanday inson boʻlib voyaga yetishi ustozlarning saʼy-harakatlariga bogʻliq.

Azizbek Jumanov oʻrta maktabni tugatib, oʻqituvchi boʻlish orzusida oliygoh ostonasiga qadam qoʻyganida bu haqda koʻp oʻylagan, mashaqqatli kasbni tanlaganini anglar edi. Umr boʻyi xalq taʼlimi sohasida mehnat qilgan, taniqli ustoz, onasi Hamroxon Qosimova, rahbarlik lavozimlarida ishlab, shu el bolalarining kamoli yoʻlida bor kuch-gʻayratini ayamagan otasi Otabek Jumanovlarning daldasi unga kuch boʻldi. Nizomiy  nomidagi pedagogika oliygohining fizika fakultetini bitirib kelib, oʻzi taʼlim olgan 15-sonli maktabda faoliyatini boshlaganiga ham mana 20-yildan oshdi.

Oʻtgan davr mobaynida Azizbek ixtisoslik tanlashda adashmaganini oʻz faoliyatida isbotladi. Har yili  taʼlim bergan oʻquvchilari bilimlar bellashuvi, fan olimpiadalarida tuman bosqichlarida gʻoliblikka erishib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida bilimdon ekanligini namoyish etishmoqda. 2017-2018 va 2018-2019 oʻquv yillarida qatorasiga ikki yil fanlar olimpiadasida fizika fanidan respublika bosqichida uchinchi oʻrinni egallagan oʻquvchisi Ruslan Yoʻldoshev hozir oliygoh talabasi. Rohatoy Safarboyeva matematika, Farida Davletova, Zevaroy Bozorboyevalar esa oʻzi bilan bir safda fizika fanidan dars berishayapti.

Azizbek oʻqituvchi oʻz ustida ishlab, tinimsiz oʻz bilimini boyitib, buni yosh avlod kamoli yoʻlida sarflashi kerak, intilishdan toʻxtab qolmasligi kerak, deb hisoblaydi. Oʻzi ham shunga intiladi. Shuning uchun ham maktabdan boʻsh vaqtlarida oʻquv markazida repetitorlik ham qiladi. Har yili tumanimizning necha-necha oʻgʻil-qizlari undan tahsil olib, oliygohlar talabasi boʻlishayapti.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi Azizbek Jumanovning oilasini oʻqituvchilar oilasi deyish mumkin. Uning onasidan tashqari ukasi, singlisi, toʻngʻich qizi ham oʻqituvchi, biri talaba, oʻgʻillari esa maktab oʻquvchilari.

Oʻqituvchilar sulolasini kasb bayrami – 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan qutlab, ezgu tilaklarimizni bildirib qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026