30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Jamiyat 👁 418

YuRTIMIZDA XOTIN-QIZLARNING JAMIYaTDAGI OʻRNI TOBORA MUSTAHKAMLANMOQDA

YuRTIMIZDA XOTIN-QIZLARNING JAMIYaTDAGI OʻRNI TOBORA MUSTAHKAMLANMOQDA

Xotin-qizlarning jamiyatda va oilada tutgan oʻrnini mustahkamlash, ijtimoiy faolligini oshirish, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 18-fevral sanasida imzolagan “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bu boradagi ishlarni olib borishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 30-sentyabr kuni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida ushbu farmonda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, oila va xotin-qizlar bilan ishlash ish hujjatlarining, jumladan, “Ayollar daftari”ning yuritilishiga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi. Seminarni tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova olib bordi. Unda tumandagi fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etdilar. Ishtirokchilarga ish hujjatlarining yuritilishi hamda tumanda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga har tomonlama koʻmak berish borasida tavsiyalar berildi.


Shuningdek, seminar davomida tumanimizdagi 663 nafar ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar “Ayollar roʻyxati”ga kiritilganligi, shundan 163 nafari 1-sektor hududiga, 238 nafari 2-sektor, 165 nafari 3-sektor, 97 nafari esa 4-sektor hududiga toʻgʻri kelishi haqida maʼlumot berildi. Roʻyxatga kiritilgan ayollarning 88 nafari kam taʼminlanganligi, 336 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlganligi, 111 nafari boquvchisi boʻlmaganligi, 78 nafari ajrashgan ayollar, 26 nafari yolgʻiz onalar, 4 nafari nogironligi boʻlgan, 16 nafari nogiron farzandini tarbiyalayotgan, 4 nafarini notinch oilalardagi ayollar tashkil qilishi haqida aytib oʻtildi. Joriy yilning shu davrigacha “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 331 nafarining bandligi taʼminlanganligi maʼlum qilindi.
Seminarda taʼkidlanganidek, yurtimizda xotin-qizlarni, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining joylardagi boʻlinmalarida ishsiz, kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning alohida “Ayollar roʻyxat”lari shakllantirilib, roʻyxatga kiritilgan ayollarning bandligini taʼminlash borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlardan biri sifatida Oliy taʼlim muassasalariga kirishda qizlar uchun ajratilayotgan oʻrinlarning koʻpaytirilganligi, qolaversa, tavsiyanoma asosida imtiyozli ravishda OTMlarga qabul qilinayotganligi ham yaqqol misol boʻla oladi.


Xususan, tumanimizdagi Oʻrta qalʼa ovulida yashovchi Diyora Toʻrabayeva tavsiyanoma asosida berilgan imtiyoz boʻyicha 170,1 ball bilan Nukus Davlat Pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti, ingliz tili yoʻnalishiga qabul qilindi. Shuningdek, Durunki mahallasida yashovchi Barno Qadamboyeva ham tavsiyanoma asosida berilgan imtiyoz boʻyicha 173,4 ball toʻplab, Qoraqalpoq Davlat Universitetining matematika yoʻnalishida  oʻqish baxtiga muyassar boʻldi. Endilikda Diyora va Barno oʻzlari tanlagan ushbu oliy taʼlim muassasalarida davlat granti asosida oʻqishadi.


Tumanda joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun tavsiyanoma olish maqsadida 184 nafar xotin-qiz tomonidan murojaatlar qabul qilinib, tegishli hujjatlar topshirildi. Bu boʻyicha tashkil qilingan ishchi guruh tomonidan mazkur hujjatlar batafsil oʻrganib chiqildi. Oʻrganish natijasida 90 nafar xotin-qizlarning belgilangan mezonlarga toʻla mos kelishi aniqlandi va bu boʻyicha xulosalar tayyorlandi. Shundan soʻng, ushbu xulosalarga koʻra tayyorlangan roʻyxat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga taqdim qilindi hamda tumanimizdagi 90 nafar xotin-qizlarga oshkoralik, adolatlilik, shaffoflik tamoyillariga asoslangan holda tavsiyanomalar berildi.

Charos ARSLONOVA, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026