29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:11
Fan va taʼlim 👁 300

EL-YuRT HURMATIGA SAZOVOR USTOZ

EL-YuRT HURMATIGA SAZOVOR USTOZ

Insonni kelajakka umid, ishonch tuygʻusi va ezgu orzular ulgʻaytiradi, deyishadi donolar. Haqiqatan ham ertangi  kunni, yorugʻ tonglarni kutib, orzu-umidlar sari intilib yashash insonga kuch bagʻishlaydi, yaxshi niyatlarga yoʻldosh boʻlib yashashga oʻrgatadi. Oʻquvchilik davridanoq ana shunday yaxshi niyatlar, orzu-umidlar va kelajakka ishonch tuygʻulari ogʻushida yashab, oʻqituvchilik kasbiga havas qilgan va shu kasbni egallab, umrini yosh avlodga bilim berishga bagʻishlagan Gulasal Matyoqubova deyarli 38-yil davomida taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatdi. Yaqinda uni oʻzi 13-yildan buyon direktorlik qilib kelayotgan 10-sonli maktab jamoasi katta hurmat va ehtirom bilan pensiyaga kuzatishdi. Yillar davomida bir taʼlim dargohida, bir maqsad yoʻlida yonma-yon mehnat qilgan hamkasblari, shogirdlari ustozga samimiy dil soʻzlarini izhor etdilar.

Gulasal Matyoqubova Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutini 1982-yilda  tamomlagan. U dastlab 30-sonli rus tiliga ixtisoslashgan umumtaʼlim maktabiga yoshlar yetakchisi qilib ishga yuborildi. U besh yil davomida mazkur maktabda yoshlar yetakchisi va rus tili oʻqituvchisi sifatida faoliyat yuritib, 1987-yilda tuman yoshlar tashkilotida yetakchi mutaxassis sifatida oʻz faoliyatini davom ettirdi.

Gulasal Matyoqubova 1991-yilda 10-sonli maktabda rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi vazifasida ishlay boshladi. U oʻqituvchilik faoliyati davomida qatʼiyatliligi, atrofidagilarga, oʻziga nisbatan talabchanligi, dars mashgʻulotlarini oʻtkazishdagi oʻziga xos uslubi, ishni qatʼiy intizom asosida tashkil etish qobiliyati bilan maktab oʻqituvchilar jamoasining hurmatiga sazovor boʻldi va uni 2007-yilda 10-sonli maktab direktori vazifasiga tayinlashdi.

Gulasal Matyoqubova rahbarligida mazkur maktab pedagogika jamoasi taʼlim-tarbiya sohasini zamon talablari darajasiga koʻtarish, maktab taʼlimida innovatsion gʻoyalardan foydalangan holda har bir fan boʻyicha alohida taʼlimiy rejalar ishlab chiqish boʻyicha  hamjihatlikda ish olib borishdi. Fan toʻgaraklari samaradorligiga erishildi. Darsdan tashqari mashgʻulotlarning uzviyligi taʼminlandi. Oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirish darajasi oshdi. Natijada maktab bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish boʻyicha yuqori natijalarga erishildi. Maktabda oʻzaro hamjihatlik, qatʼiy mehnat intizomiga ega pedagogika jamoasi shakllandi. Erishilgan bu yutuqlar Gulasal Matyoqubovaga ham, maktab pedagogika jamoasiga ham obroʻ-eʼtibor keltirdi. Xalq deputatlari tuman Kengashiga boʻlib oʻtgan saylovlarda ketma-ket ikki marta Gulasal Matyoqubova nomzodini saylovchilar qoʻllab-quvvatlashdi va u 2011-2019-yillarda “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati sifatida tuman ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etdi.

Oʻz mehnati, fidoyiligi bilan obroʻ-eʼtibor topgan, xalq ishonchini qozongan Gulasal Matyoqubovaning halol va sharafli mehnati davlatimiz tomonidan munosib baholandi. U Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi, “Mustaqillikning 20 yilligi” koʻkrak nishoni sohibasi boʻldi. Namunali oila bekasi sifatida umr yoʻldoshi, rahmatli, Qoʻshnazar aka bilan 3 nafar farzandni el-yurt koriga kamarbasta insonlar qilib voyaga yetkazishdi.

El-yurt ishonchini qozongan, yuzlab shogirdlarning fidoyi ustozi Gulasal Matyoqubovaga ona Vatanga, xalqqa sodiq farzand sifatida qilgan xizmatlari rohat-farogʻatini koʻrib yashash baxti nasib etsin, deb qolamiz.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026