30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:35
Jamiyat 👁 2,536

Ovullar obod boʻlmoqda

Ovullar obod boʻlmoqda

Inson zoti borki, xushmanzara, obod elda, koʻrkam hovlilarda farovon yashagisi keladi. Mustaqilligimiz sharofati bilan oʻzligimizga qaytganimiz buningdek orzu-intilishlarimizni yanada boyitmoqda.

"Eng namunali oila”, "Eng yaxshi koʻchaboshchisi”, "Eng ozoda xonadon”, "Engnamunali ovul fuqarolar yigʻini” kabi koʻrik-tanlovlarning muntazam oʻtkazilib kelinayotgani ham sarajanjom-sarishtalikka, farovonlikka intilib yashayotgan kishilarning hayotini ommaga targʻib etish, bu boradagi muvaffaqiyatlarni ragʻbatlantirish va pirovardida buningdek ezgu amallarning ommalashuviga, turmushimiz madaniyatining yuksalishiga erishishdir. Fuqarolar yigʻinlari vakillari bilan bugungi suhbatimiz mavzusi shu haqda:

Murodboy Soburov, Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisi: - Ozodalik, orastalik bizning xalqimizning milliy qadriyatlaridandir. Chunki xonadoni, koʻchasi orasta, shinam kishining koʻngli toza boʻladi. U yerda dunyoga kelgan avlod ham buningdek ezgu sifatlarni qadrlab ulgʻayadi. Avvalo har bir kishi hovlisini ixcham, qulay qurishi, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilib yashashi, atrofiga mevali, manzarali daraxtlar, gullar ekib xushmanzara, koʻrkam makonga aylantirishi oila aʼzolarining sogʻlom, bardam boʻlishini taʼminlashi xususida yigʻin masʼul xodimlari va hamkor tashkilotlar bilan yetarlicha targʻibot ishlarini olib borayapmiz. Hududimizdagi 685 ta xonadonlarning barchasida "Xonadonlarni oʻrganish daftari” yuritilmoqda va aniqlangan muammo va kamchiliklar tezda bartaraf etilmoqda. Joriy yil koʻklamida keng miqyosda koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Xalqimiz turmush farovonligiga erishish maqsadida tomorqa yerlardan unumli foydalanishiga, ularning yerlaridan yuqori hosil olishi uchun qulay sharoitlar yaratishga harakat qilayapmiz.

Shuningdek, hududimiz aholisining ish bilan bandligiga erishish, yangi ish oʻrinlarini yaratishga alohida eʼtibor berilayapti. Shu yilning oʻzida 5 nafar kishiga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun yer maydoni ajratildi. 3 kishiga imtiyozli kredit olish uchun tavsiyanoma berildi. "Faol mehnat” xususiy korxonasi koʻptarmoqli masʼuliyati cheklangan jamiyatiga aylantirildi, aholiga transport xizmati koʻrsatuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

Amalga oshirilayotgan ishlarimiz hududimiz aholisi turmushining farovonlashuviga muhim zamin yaratmoqda.

Bogʻdagul Shukurullayeva, "Oq oltin” ovul fuqarolar yigʻini diniy maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi: – Yigʻinimiz qoshida tashkil etilgan "Salomatlik” sektori aʼzolari bilan hududimiz aholisining tibbiy madaniyatini oshirish borasida keng tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borayapmiz. Chunki amalga oshirilayotgan jamiki ezgu ishlarimiz xalqimizning sogʻ-salomat, baxtiyor yashashi uchundir.

Shunisi quvonchliki, bugungi kunda aholining oʻzi har bir qarich yerdan unumli foydalanishga, chor-atrofni obodonlashtirib, koʻkalamzor bogʻlar barpo etishga intilmoqda, yerdan samarali foydalanish oila maʼmurchiligini taʼminlashini dildan his qilmoqda. Shu boisdan-da joriy yil koʻklamida ovulimizda keng miqyosda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi, yangi mevali, manzarali daraxtlar, gullar koʻchatlari oʻtqazildi. Mavjud daraxtlarga shakl berilib, ohaklandi.

Ovulimizda mavjud 5 ta maktabda sogʻlom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati, tibbiy madaniyatga oid davra suhbatlari oʻtkazib turibmiz. Bunda bizga tibbiyot xodimlari, oʻqituvchilar yaqindan yordam berishayapti.

Shuningdek, xonadonlarni oʻrganish jarayonida ozodalikka, gigiyena qoidalariga rioya qilishga doir bergan tavsiyalarimiz ham yaxshi natija berayapti.

Aholimiz orasida farovonlikka intilish, tadbirkorlikning rivojlanayotgani bizni juda quvontiradi. Joriy yilning oʻzida ovulimizda "Mohinur” oilaviy tikuvchilik korxonasi, aholiga mineral oʻgʻitsotish shoxobchasi, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi, toʻyxona, maishiy xizmat koʻrsatish majmuasi, oziq-ovqat doʻkoni ishga tushirildi va koʻplab ovulyoshlari doimiy ishbilan band boʻlishdi.

Xullas, bugungi kunda ovulimiz kundan-kunga obod boʻlib bormoqda.

Suhbatdosh: Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026