Insofimiz yemaylik
Yulgʻich sozini chalib,
Xizmat haqini olib.
Uni choʻntakka solib,
“Ozroqku-ya”, – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Mansab mazasin totib,
Semirsak begʻam yotib.
Yoqqanga qoshiq otib,
“Ne koʻribman?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Bilmay ekanin qancha,
Boylik toʻplasak ancha.
Ixlos orttirib ganja,
“Kambagʻalman”, – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Rosa poraxoʻr boʻlib,
Olib, shodlikka toʻlib.
Shundayam itdek ulib,
“Yana choʻzgil”, – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Yeyilgani bizniki,
Hamda oʻgʻil-qizniki,
Ortsa, albat sizniki,
“Chevara-chi?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Tangri borligin bilib,
Yurmaylik elni shilib.
Oʻzni Xorundek qilib,
“Kim koʻribdi?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Musulmon, desak oʻzni,
Tinglab, aytilgan soʻzni,
Goh yumib toʻymas koʻzni,
“Hali oz-ku!” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Iymonga bermay xalal,
Yashaylik boʻlib halol.
Hamyurtga kelmay malol,
“Ne qilibman?” – demaylik,
Insofimiz yemaylik!
Barchaga oxirat bor,
Buni unutmay zinhor,
Bilganim etdim izhor,
“Shu ham gapmi?” - demaylik,
Insofimiz yemaylik!.
Saʼdulla XOʻJANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶