29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 18:13
Fan va taʼlim 👁 228

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI: BU YeRDA YoSh AVLODNING IQTIDORI RIVOJLANTIRILADI

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI: BU YeRDA YoSh AVLODNING IQTIDORI RIVOJLANTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-sentyabrdagi PQ- 4467-sonli “Xalq taʼlimi tizimidagi maktabdan tashqari taʼlim   samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori asosida  Respublika  “Barkamol  avlod”  bolalar  markazlari   negizida “Barkamol  avlod”  bolalar   maktablari tashkil  etildi. Tumanimizdagi “Barkamol  avlod”  bolalar   maktabi joriy yil yanvar oyidan  oʻz   faoliyatini boshladi. Endilikda “Madaniyat  va sanʼat”, “Texnika, konstruktorlik  va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya  va  sport”, “Hunarmandchilik va qoʻl mehnati”, “Turizm va Ekologiya”, “Oliy   taʼlim muassasalari va maktabga tayyorlov”, “Xorijiy tillar” yoʻnalishlarida  toʻgaraklarni tashkil etish imkoniyatiga ega boʻldik. 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, “STEAM - taʼlim” (Science-Tabiiy  fanlar, Technology-texnologiyalar, Engineering-muhandislik, Art – sanʼat, Mathematics- matematika) dasturi joriy  etiladi. “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yunalishiga 2 ta robot-konstruktor va  3 D printerga plastik xom ashyo material bilan taʼminlandi.  Ishonamizki, bu  oʻquvchilar   qiziqishini   oshirish uchun xizmat  qiladi.
“Barkamol  avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan   toʻgaraklarda  yoshlarga taʼlim-tarbiya berish  bilan  birgalikda  ularning  iqtidorini   shakllantirish ,  qiziqishlari, dunyoqarashlarini kengaytirish, oʻz fikrini erkin namoyon   etishlariga alohida eʼtibor berilmoqda. Maktab pedogogik jamoasi esa oʻz  ustida ijodiy izlanishlar olib bormoqda.
Ijodiy salohiyatni rivojlantirish maqsadida joriy yil fevral oyidan har haftaning payshanba kunlari “Zakovat” intelektual oʻyinlari tashkil etilgani oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotmoqda.
Prezidentimizning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh    vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim   tashabbusi  faoliyatimizning   asosiy  mezoni  boʻlib  hisoblanadi. Har haftaning dushanba kuni – yoshlarning  musiqa,  rassomchilik, adabiyotga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga  chiqarish, seshanba kuni – yoshlarni jismoniy chiniqtirish,ularning sport  sohasida qobiliyatini namoyon qilish, chorshanba kuni – yoshlar oʻrtasida kompyuter   texnologiyalari  va  internetdan  samarali  foydalanish,   payshanba    kuni – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular  oʻrtasida   kitobxonlikni  keng   targʻib  qilish, juma kuni – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha qizlarimizga bichish-tikish, toʻqish, pazandachilik  kabi  kasb-hunarlar oʻrgatilmoqda. Shanba kuni beshta tashabbus yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilinib, yangi rejalar tuziladi.  Ertalabdan yangragan jarangdor, yoqimli qoʻshiq ovozi, turli xil koʻzni   quvontiruvchi rasmlar namoyishi maktabimizga kirib kelgan har bir kishiga koʻtarinki kayfiyat   bagʻishlamoqda.
Maktabimizda muhim sanalar, buyuk allomalar, yozuvchi va shoirlarning  tugʻilgan kunlarini nishonlash anʼanaga aylangan. Yangi yil  bayramida “Assalom,  yangi yil” deb nomlangan katta bayram tadbiri oʻtkazildi. Oʻquvchilar ishtirokida Sh.Xudoyberganov boshchiligida tayyorlangan “Qish  ertagi” nomli sahna   koʻrinishi tuman Madaniyat boʻlimida namoyish qilinib, Amudaryo televideniyesi orqali   tumanimiz oʻquvchilariga yangi yil sovgʻasi sifatida tuhfa etildi.
Z.M.Bobur tavalludiga bagʻishlab “Shoh va shoir bobom”, Zulfiya Isroilova  tavalludiga bagʻishlab “Zulfiyaxonim bahor va muhabbat kuychisi” mavzusida   insholar tanlovi oʻtkazildi.   Maktab  maʼmuriyati tamonidan gʻolib oʻquvchilar  faxriy yorliq  va  sovgʻalar bilan taqdirlandi.
8  mart - Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan toʻgarak  rahbarlari   oʻrtasida “Balli, qizlar” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. Izlanish va intilishdan   toʻxtamagan toʻgarak rahbarlari turli yoʻnalishda oʻz mahoratini   namoyon  etishdi. “Onamga sovgʻa” mavzusidagi tanlovda esa oʻquvchilarmiz onalariga maktabda oʻrgangan hunarlari asosida oʻz qoʻllari bilan har  xil  rasmlar, qoʻlda yasagan gullar, toʻqilgan buyumlardan sovgʻalar tayyorlashdi. Bayram  munosabati bilan “Mehrim, sizga Onajon” nomli tadbir ham oʻtkazildi va “Shoʻx bolalar” jamoasining kontsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, maktabimiz  yigitlari tomonidan ijro etilgan “Muqaddas ayol” qoʻshigʻi hamda bayram tilaklari bildirilgan video rolik namoyishi jamoamiz xotin-qizlariga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi.   
Mamlakatimizga koronavirus infektsiyasi kirib kelishi va karantin  holati  joriy qilinishi tufayli toʻgarak rahbarlari oʻz ishiga maʼsuliyat bilan yondoshgan   holda ayni paytda darslarni masofadan turib amalga oshirishmoqda. Dars-mashgʻulotlari “Barkamol avlod” bolalar maktabining telegrammdagi kanali orqali oʻz vaqtida oʻquvchilarga yetkazilmoqda. Bundan tashqari, Amudaryo televideniyesida ham mashgʻulotlar berib borilmoqda. Jumladan, “Landshaft dizayni” boʻyicha toʻgarak rahbari M.Ashirboyeva, “Robototexnika” yoʻnalishida toʻgarak rahbari A.Nurjanov, “Bichish- tikish” ishlari yuzasidan toʻgarak rahbari M.Matmurodova hamda X.Matkarimovalarning dars jarayonlari namoyish qilindi.
Maktabimizda bir yil taʼlim olib, kasb-hunarga ega boʻlgan oʻquvchilarga   egallagan kasbi boʻyicha guvohnomalar beriladi. Maqsadimiz zimmamizga   yuklatilgan maʼsuliyatni toʻla anglagan holda farzandlarimiz qalbida Vatanga muhabbat tuygʻularini rivojlantirish, kasb-hunarga yoʻnaltirish, eng muhimi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabimizni haqiqiy hunar maskaniga aylantirishdan iboratdir.

D.KAMALOVA, “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining  oʻquv va

maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026