30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:34
Jamiyat 👁 2,319

Ona tabiatga ozor yetkazmang

Ona tabiatga ozor yetkazmang

Asrang ona tabiatni,

Oʻshanda siz asragaysiz

Bolangizga bu dunyoni!

Televideniye orqali har gal bu qoʻshiqni eshitganimda xonandaga qoʻshilib men ham xirgoyi qilar edim-u, lekin maʼnosini unchalik oʻylamas edim. Oʻtgan yil koʻklamda bogʻimiz chetiga yangi ekilgan terak nihollarining atrofini yovvoyi oʻtlardan tozalayotgan edik. Otam kimdir ustidan bosib ketgan terak niholini koʻrib qattiq xafa boʻldi. «Qaysi tarbiyasizning ishi ekan-a bu?» - dedi. Anchaga-cha gʻazabini bosa olmadi.

- Koʻp kuyunmang ota, mana qancha teraklarimiz bor-ku, - dedim men. Shunda otam meni yoʻl boʻyida qator tizilib turgan uzun-uzun teraklar yoniga olib bordi.

- Mana buni qara, - dedi yuqoriga ishora qilib. - Bizning har birimizning yil davomida erkin nafas olishimiz uchun ana shunday teraklardan ikkitasi kerak boʻladi. Qolaversa, yoʻldan koʻtarilgan qanchadan-qancha changlarni yutib, yashil daraxtlar havo musaffoligini taʼminlaydi. Endi payhon qilingan bir daraxtning qadrini oʻzing bilib olaver.

Shu voqeadan soʻng atrofimizni oʻrab turgan olam va tabiatimiz haqida koʻp oʻylaydigan boʻldim. Qaniydi, hamma ham yon atrofimizning yam-yashil daraxtlar, gullar bilan bezanib turishiga intilsa. Oʻzimiz nafas oladigan ona tabiatimizga ozor yetkazmasa. Orzu qilish bilan ish bitmaydi. Bu yil men va barcha sinfdoshlarimiz ona tabiatimizning gullab-yashnashi uchun oʻz hissamizni qoʻshish maqsadida yangidan qurilib, ishga tushirilgan maktabimiz bogʻiga 2 tupdan mevali daraxt koʻchati ekdik. Ustozimiz bizlarga:

- Hali oradan yillar oʻtib, bu bogʻ shunaqangi xushmanzara boqqa aylanadi. Shunda sizlar ukangizga, singlingizga, qoʻsh-ningizga bogʻning qanday barpo qilinganini aytib quvonib yurasizlar. Chunki ular sizlardan keyin shu maktabda oʻqishadi. Ular tanaffus paytlarida soya-salqinda dam olib, sizlarga rahmat aytishadi. Oʻsha paytda oʻz qilgan mehnatlaringizdan faxrlanib yurasizlar, - dedi. Men shunday boʻlishini juda-juda istayman.

Aziz tengdoshlar, koʻklam libosiga burkanayotgan chor-atrofingizga, osmonda charx urib uchayotgan qushlarga, tiriklik gʻamidagi jonzotlarga bir qarang! Naqadar goʻzal! Bu bizning umumiy uyimiz - ona tabiatimiz. Uni uyimiz kabi asraylik, chunki xonadonimiz qanchalik toza, orasta va fayzli boʻlsa, shunchalik dilimiz ravshan, kayfiyatimiz chogʻ boʻlgani kabi tabiatimizning musaffoligi ham har birimiz uchun zarur. Hech kim tabiatdan ayro yashay olmaydi. Shunday ekan, har birimiz koʻchat, gullar, daraxtlar ekib, parvarishlab, chor-atrofimizning gullab-yashnashiga harakat qilaylik.

Sevara Ismoilova,

76-sonli maktab oʻquvchisi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026