“KONSTITUTsIYa – BAXTIMIZ QOMUSI” BAYRAM TADBIRI BOʻLIB OʻTDI
Haqiqatan ham Konstitutsiya – baxtimiz qomusi, xalqimiz kelajagining qonuniy kafolati. Uning har bir moddasida inson huquqlarining daxlsizligi, baxt-iqboli mujassam.
Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan 36-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maktab oʻquvchi-yoshlari bu haqda toʻlqinlanib va gʻurur bilan gapirdilar.
Tadbirda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktorining oʻrinbosari Bahrom Xoʻjamurodov Konstitutsiyamizning xalqimiz hayotidagi beqiyos oʻrni haqida toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, maktab oʻquvchilari fuqaro, xalq, Konstitutsiya soʻzlariga taʼrif berishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini saylash, xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar Kengashlariga hamda Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar koʻrsatish, fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari haqida maʼruzalar oʻqildi.
Bundan tashqari, oʻquvchi-yoshlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari haqida sheʼrlar aytishib, Konstitutsiyamizning 1-, 5-, 6-, 7-, 40-, 41-moddalarini taʼriflab berishdi.
Tadbir barchada yaxshi tassurot qoldirdi.
Nasiba BOBOJONOVA, 36-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶