30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Jamiyat 👁 2,497

Odam savdosi - davr muammosi

Odam savdosi - davr muammosi

- Men ham oilamni boqish, uy-joy qilish uchun qilmagan ishim, bormagan joyim qolmadi, - oʻychan gap boshladi akalarimdan biri. - Otamiz odamni hayot toblab, koʻzini pishitib boradi derdilar. Xaq gapni aytgan ekanlar. Shu yillar davomida qancha yurtlarni, qancha odamlarni koʻrdim. Birovlarini koʻrib, shukur qilsam, birovlarini koʻrib fikr qildim. Bir yili toʻrt-beshta joʻralarim bilan birga uzoq Qozogʻistonning bir shahrida qurilishda ishlab, pul topmoqchi boʻldik. Ustaboshimiz badavlat bir odamning uyini qurib, bitkazib berishimizni, uy bitsa, har birimizga falon soʻm "koʻkidan” tegishini aytdi. Shu kuni quvonganimizdan koʻzimizga uyqu kelmasdan ancha paytgacha orzularga berilib yotdik. Ertasiga ertalab esa yangi rusumdagi chet el mashinasida ancha basavlat, qorin qoʻygan, dimogʻdor bir odam keldi. Bu biz uyini qurishimiz kerak boʻlgan odam edi. U bizga mensimasdan qaradi.

- Mening ham kasbim qurilish bilan bogʻliq. Ishni tez va sifatli bajarib berasizlar. Ikki oydan keyin men yangi uyimga koʻchib oʻtishim kerak. Oziq-ovqat, qurilish materiallarini ukam yetkazib beradi, - dedi-yu ketdi.

Shu bilan uni onda-sonda koʻrardik. Asosan ukasi (biz uni Sake derdik) yonimizda yurardi. Kun issiq. Baʼzan qumli shamol koʻz ochirmaydi.Ammo ustaboshimiz aytgan katta pulga boʻlgan ishtiyoq barcha qiyinchiliklarga chidashimizga, uyni tezroq bitkazishimizga undab turardi. Kecha-kunduz qilgan mehnatimiz tufayli uy qad rostlay boshladi. Uyni bitkazgan kunimiz uy egasi Nurlan ogʻa keldi.

- Jaman yemes, - dedi u uyga qarab. Ammo yana qoʻshimcha bir ayvon qurib berishimizni aytdi. Shunda birdan hammamizning kayfiyatimiz tushib ketdi. Ustaboshimiz harchand rad qilishga urinmasin, u quloq solmadi.

- Ayvonni qurmasdan ketishni hayolingizga ham keltirmang, - dedi u ketayotib poʻpisa aralash. Pulni ishni tugatgach olasanlar.

Ilojimiz yoʻq edi. Yana bir oycha shu yerda qolib ketdik. Ketadigan kunimiz pulni olish uchun uyiga bordik. U kelishilgandan ancha kam pulni qoʻlimizga tutqazdi. Juda xafa boʻldik. Shu payt uydan keksa bir kampir chiqdi. Hol-ahvol soʻragach:

- Bolalarim, imoratni qurgan mehnatingizga, olgan haqingizga rozimisizlar? - dedi. Biz norozi ekanimizni aytishga istihola qilib indamay yerga qaradik. Narsalarimizni yigʻishtirgani borganimizda, Muxtor yangi uyga qarab: "Ilohim buyurmasin”deb qargʻadi. Shundan soʻng uyga joʻnadik. Kelasi yili men nasibam tortib yana shu joylarga borishimga toʻgʻri keldi. Bir kuni non olgani doʻkonga borayotib Sakeni uchratib qoldim. Meni koʻrishi bilan tugʻishganini koʻrgan odamday quchoqlab oldi. Gaplashib turib qoldik.

- Shake, - dedi u gʻamgin yerga qarab, - Nurlan ogʻam ogʻir kasal, bir koʻrib, hol soʻrab ketsang yaxshi boʻlardi. Men rozi boʻldim. Biz qurgan uyimiz juda hashamatli boʻlibdi. Biz kirgan xonaning toʻrida ozib-toʻzib ketgan Nurlan ogʻa yotardi. Meni koʻrishi bilan koʻzlari yaltirab ketganini sezdim. Hol-ahvol soʻrashganimizdan keyin u meni imlab yoniga chaqirdi. Soʻngra qaltiroq qoʻllari bilan toʻshagi tagidan pul olib, menga uzatdi. Bir-birimizni soʻzsiz tushundik. - Biz rozimiz, Nurlan ogʻa, siz ham rozi boʻling. Bularni egalariga yetkazaman, - dedim. Bir haftalardan soʻng uning vafot etganini eshitdim. Uyga qaytgach, pullarni joʻralarim bilan teng taqsimlab oldik. Ota-bobolarimiz bekorga "birovning haqidan qoʻrq”, deyishmas ekan.

Zebo RAJABOVA.

(Foto http://www.12news.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026