BOBUR QALBIMIZDA MANGU YaŞAYDI
Keltursa yuz baloni öşal bevafo manga,
Kel sen,agar yuzumni evursam balo manga.
Ha bu albatta Bobur ijodidan. Boburning nozik taʼbi musiqaga bulgan qiziqişini hamma bilsa kerak. Boşqa adib şoirlar bahor faslini yaxşi kursa, bu şoir kuz faslini yaxşi körgan, kuz faslida daraxtdan tökilgan har bir bargning, uning şitirlagan ovozidan kuy yaratgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur bizga adabiy va boy meros qoldirgan, adib şoir olim va bu bilan birga yirik davlat arbobi sarkarda hamdir. Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz haqida qança yozsam kam,uning şeʼrlarini ğazallarini varaqlaganimda şoirning har nafasimizda uyğoq ekanini dildan his qilaman.
Zahiriddin Muhammad Bobur keng dunyoqaraşi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib,bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bölsa,serjilo özbek tilida yozilgan "Boburnoma "asari bilan jahonning maşhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi.
Uning nafis ğazal va ruboiylari turkiy şeʼriyatining eng nodir durdonalari bölib, “Mubayyin”, “Xatti Boburiy”, “Harb işi” aruz haqidagi risolasi esa islom qonunşunosligi, şeʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bölib qöşildi.
Bobur şaharlarni taʼriflabgina qolmasdan özi şaharlarda boğlar yaratişga, turli xil madrasalar, jomʼe masjidlar qasrlar qurişga ham katta hissa qöşgan va bizga undan adabiy va boy meros qolgan.
Biz Navoiy, Boburiylar avlodimiz,tarixsiz kelajakni tasavvur qilib bölmaganidek, biz ham kelajagimizni Navoiy bobomiz, Bobur bobomizning şeʼru ğazallarisiz tasavvur qilolmaymiz. Uning ğazallari beixtiyor yodimizga kelib bizni, uning kitoblarini varaqlaşga undaydi. Men şu yerda demoqçimanki:
Umrlar bor tiriklikda ölikdir,umrlar bor mangulikka tirikdir.
Darhaqiqat, har bir inson qança yaşagani bilan emas, qanday yaşagani bilan qadrlanar, eʼzozlanar ekan.
62-sonli maktab boşlanğiç sinf öqituvçisi Bahor Arikova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶