MAKTABGAChA TAʼLIM MAZMUNI DAVR – TALABI
Hozirgi kunda maktabgacha taʼlim mazmunini oʻziga xos uslubiy hamda pedagogik-psixologik tajribalar asosida boyitib borish davr talabiga aylandi. Chunki maktabgacha taʼlim mazmuni keng tushuncha boʻlib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha taʼlim muassasasining holati, tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyachi yordamchilari, ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilarning taʼlim jarayonidagi ishtirokida yuzaga keladigan jarayondir.

Bizning 5-MTTda “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari” hamda “Ilk qadam” Davlat oʻquv dasturi asosida ish olib boriladi. Bu dastur boʻyicha MTT uslubchisi G.Yoʻldosheva tushuntirish ishlari olib boradi. MTTda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasi boʻyicha rejaga qoʻyiladigan davlat talablaridan kutilayotgan natijaga koʻra, bolalar bilimi, koʻnikmalari va tarbiyachining malaka koʻrsatkichi muhim ahamiyatga ega. Davlat talablari boʻyicha bolada jismoniy rivojlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ishtimoiy hissiy rivojlanishi, nutq, muloqot, oʻqish va yozish malakalari: bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish boʻyicha bilimga ega boʻlishi kerak. Bu bilimlarni bolaga singdirishda biz – tarbiyachilarning roli katta. Har bir bolaga mehr koʻrsatib, tarbiya jarayonini tashkil etsak, albatta kutilgan natijaga erishiladi.

Shu vazifalarni ado yetishda bolalarning sogʻlom va baquvvat, ziyrak boʻlib ulgʻayishida ota-onalar ham befarq boʻlmasliklari kerak. Zero, ota-onalarning oʻz farzandlari kamolotini yaratishdagi roli maktabgacha taʼlim tashkiloti maqsadlari va mazmuni bilan uygʻunlashgandagina aʼlo natijalarga erishish mumkin.
Xolida XAYTBOYeVA, 5-sonli MTT tarbiyachisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶