02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:32
Jamiyat 👁 114

AMUDARYo TUMANIDA YoShLAR FORUMI OʻTKAZILDI

AMUDARYo TUMANIDA YoShLAR FORUMI OʻTKAZILDI

Mamlakatimiz aholisining koʻpchilik qismini tashkil etuvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ular orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish orqali jismoniy faol, zararli odatlardan saqlanishiga erishish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda oʻqib, intilishga ruhlantirishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadlarga xizmat qiluvchi turli tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari oʻtkazilayapti.

Muhtaram Yurtboshimizning 2020-yil 29-dekabr kungi oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan ham yoshlar taʼlim tarbiyasiga, ularning ilmli, yuksak maʼnaviyatli shaxslar boʻlib mustaqil hayotga dadil kirib kelishiga erishish yuzasidan koʻlamdor vazifalar belgilangan edi. Murojaatnomadagi va “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tuman, shahar boʻlimlari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan Davlat dasturi ijrosini taʼminlanishini nazorat qiluvchi maxsus shtablar faoliyati yoʻlga qoʻyildi, ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash, yordamga muhtojlariga amaliy koʻmak koʻrsatilib, ularning bandligini taʼminlanib, daromad topishlariga sharoit yaratilmoqda.

Dehqonchilik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan yoshlarga yer maydonlari ajratilayotgani, “Har bir ishbilarmon – yoshlarga tayanch”, “Yoshlar – 1+1” loyihalari asosida yoshlar tadbirkorlikka, kasb-hunarga oʻqitilmoqda.

Joriy yilning 11-mart kuni Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tashabbusi bilan tumanimizda oʻtkazilgan “Yoshlar forumi” ham tumanimizda amalga oshirilayotgan yangilanishlar, bunyodkorliklar bilan yoshlarni tanishtirish, ularning davlatimiz gʻamxoʻrliklariga munosib boʻlishlariga erishish, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumotlar berish, sportga keng jalb qilishga qaratildi.

Avvalo forum ishtirokchilariga tadbir mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilgach, ular Yoshlar mehnat guzari faoliyati bilan tanishtirildi, Olmazor mahallasida qad rostlagan “Street Workout” maydonchasida boʻldilar va yoshlarning sport sogʻlomlashtirish mashqlarini bajarishlari uchun oʻrnatilgan jihozlar bilan tanishdilar.

Maʼlumki, suzish sporti inson salomatligini taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Buni inobatga olgan holda tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida qurilib, faoliyat koʻrsatayotgan suzish havzasida koʻplab yoshlar sportning ushbu turi bilan shugʻullanishayapti va iqtidorini yuksaltirayapti.

Forum doirasida suzish sporti bilan shugʻullanayotgan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqani barcha ishtirokchilar qiziqib tomosha qildilar.

Qilichboy ovulida hudud qizlari oʻrtasida oʻtkazilgan mini futbol musobaqasida 5ta jamoa qatnashdi va keskin kurashlar ostida oʻtgani tufayli Forum ishtirokchilariga zavq-shavq bagʻishladi.

Shuningdek, tadbir rejasidan oʻrin olgan boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi Qilichboy madaniyat markazida boʻlib oʻtdi. Xolimbeg ovuli hududidan “Har bir yoshga – bir gektar” loyihasi doirasida dehqonchilik bilan shugʻullanishlari uchun ishsiz yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi va bandiligi taʼminlandi.

Forum doirasidagi barcha tadbirlar davlatimizning yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish borasidagi gʻamxoʻrligining yorqin namunasi boʻldi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026