Istiqbolga intilgan yoshlar
Tumanimizdagi 22-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Oʻgʻiljon Bekmurodova "Choykoʻl” ovulida yashovchi oddiy dehqon Soliy aka Shomurodov oilasida tugʻilib, voyaga yetdi. Oʻrta maktabning boshlangʻich sinfidayoq maktab oʻqituvchilar jamoasining nazariga tushgan Oʻgʻiljon 6-7-sinfdaligida oʻzining chet tillarni oʻrganishdagi alohida qobiliyatga egaligini amalda namoyish eta oldi. U dastlab maktabda, keyinchalik maktablararo oʻtkazilgan "Bilimlar bellashuvi”ning doimiy gʻolibiga aylandi. 2013-yilgi "Bilimlar bellashuvida frantsuz tili fani boʻyicha Respublika bosqichida 1-oʻrinni, Oʻzbekiston miqyosida esa faxrli 4-oʻrinni egalladi.
Tirishqoq va intiluvchan qiz Oʻgʻiljon Bekmurodova uchun 2014-yil yanada omadli keldi. U ketma-ket fanlar olimpiadasining tuman va respublika bosqichlarida frantsuz tili boʻyicha faxrli 1-oʻrinlarni egalladi va Oʻzbekiston miqyosidagi bosqichiga yoʻllanma oldi.
- Orzuim – tarjimon boʻlish, - deydi Oʻgʻiljon oʻz rejalari haqida gapirarkan. – Frantsuz va ingliz tillarini mukammal oʻrganib, mamlakatimizning barcha sohalardagi kuch-qudratini va salohiyatini butun dunyoga tanitish.
Xalqimizda "Boʻladigan bola boshidan”, - degan ajoyib hikmat bor. Qishloqda tugʻilib, qishloq maktabida tahsil olib, dunyo yoshlari bilan bellashishga maʼnaviy kuch topib, istiqbolga dadil intilayotgan Oʻgʻiljonning intilishlariga omad yor boʻlsin, deymiz.
R.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶