29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:51
Fan va taʼlim 👁 356

Davlat test markazi direktori Majid Karimov amudaryolik yoshlar bilan uchrashdi

Davlat test markazi direktori Majid Karimov amudaryolik yoshlar bilan uchrashdi

Yosh avlodning zamonaviy andozalar asosida taʼlim olishi hamda jamiyat rivoji uchun bilimli, yetuk mutaxassislarni tayyorlash bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifasi hisoblanadi. Mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar yoshlarning ilm-u fanga qiziqishlarini, oliy taʼlimda tahsil olib, tanlagan yoʻnalishlari boʻyicha kasb egallashga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada kuchaytirmoqda.

Bu boradagi Prezident Farmonlari, Qarorlari va hududlarga tashriflari doirasida berilgan topshiriqlarning ijrosini taʼminlash hamda Xalq qabulxonalarida boʻlib, Davlat test markazi faoliyatiga oid masalalar yuzasidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish maqsadida shu yil 20-22-aprel kunlari oraligʻida Davlat test markazi direktorining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatiga xizmat safari tashkil etilishi belgilangan edi. Shunga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori, texnika fanlari doktori Majit Karimov tashrif buyurib,  qizil toifaga kiruvchi umumtaʼlim maktablari joylashgan mahallalarda maktab bitiruvchilari, ularning ota-onalari, oʻqituvchilar va fuqarolar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

21-aprel kuni ushbu tashrif doirasida tumanimizda ham Toʻlqin ovulidagi 33-son umumtaʼlim maktabida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori, texnika fanlari doktori Majit Karimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Muradbay Jumanov, Davlat test markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi boʻlimi boshligʻi  Muzaffar Abdullayevlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi masʼullari, maktab direktori, oʻqituvchilari, bitiruvchi yoshlari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yoshlar bilan muloqot, murojaatlarni shaxsan koʻrib chiqish uchun tashkil etilgan yigʻilishni Amudaryo tumani hokimining  Yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Mahmud Shermetov ochdi va olib bordi.

Davlat test markazi direktori Majit Karimov bu kabi uchrashuvlar chekka hududlarda ham oʻtkazilayotgani, uchrashuvlarda oliy taʼlim muassasalariga va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida kutilayotgan oʻzgarish va yangiliklar bilan tanishtirilayotgani xususida soʻzlab, umumtaʼlim fanlaridan milliy test tizimining joriy etilishi masalalari boʻyicha atroflicha maʼlumotlar berib oʻtdi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga toʻxtalar ekan, oxirgi yillarda kirish test sinovlarida shaffoflikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar toʻgʻrisida batafsil soʻz yuritdi.

Shuningdek, uchrashuvda Prezidentimizning 2020-yil 6-noyabrdagi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati, ahamiyati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

Undan tashqari, Davlatimiz Rahbarining 2019-yil 14-maydagi “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 12-oktyabrdagi “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy qilish toʻgʻrisida”gi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining  2021-yil 7-martdagi tegishli bayonida belgilangan vazifalar ham keng tushuntirildi.

Mazkur qonun hujjatlari bilan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtihon topshirayotgan abituriyentlarga bir qator imkoniyat va imtiyozlar belgilangani, chet tili fanlaridan milliy va xalqaro sertifikatlarning tatbiq etilganligi, “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy qilish toʻgʻrisida”gi qaror asosida umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlash joriy qilinayotganligi yuzasidan batafsil maʼlumot berildi.

Uchrashuv davomida oʻquvchi va oʻqituvchilar tomonidan belgilangan qabul kvotalari, beriladigan imtiyozlar, oliy oʻquv yurtiga kirish uchun bu yilgi test sinovlari oʻtkazilishi tartibi kabilar boʻyicha berilgan savollarga mavjud meʼyoriy-huquqiy hujjatlar asosida toʻliq javoblar qaytarildi. Shuningdek, Amudaryo tumanidagi taʼlim muassasalari tomonidan Davlat test markazi bilan doimiy ishlash yoʻlga qoʻyilishi belgilab olindi.

Davlat test markazi masʼullari tomonidan oʻtkazilgan mazkur uchrashuvda maktab bitiruvchilari, oʻqituvchilar va ota-onalar bu yilgi test sinovlari haqidagi kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026