MAST BOʻLDI VA... OʻZ OILASI RIZQINI QIRQDI
Yoʻl qoidasi – umr foydasi. Chunki oddiy yoʻlovchimi, havaskor haydovchi yoki malakali haydovchimi, kim boʻlishidan qatʼiy nazar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilgandagina baxtsiz voqealarning oldi olinadi, yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga barham beriladi.
Lekin ming afsuski, inson hayoti uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan yoʻl harakati qoidalariga amal qilmaslik oqibatida mamlakatimizda kuniga oʻnlab yoʻl-transport hodisalari sodir etilib, koʻplab insonlar hayotdan bevaqt koʻz yumishmoqda. Koʻpincha bunday holatlarga spirtli ichimlik isteʼmol qilish, tezlikni oshirish sabab boʻlayotgani sir emas.
Tumanimiz mahallalaridan birida yashovchi fuqaro Asliddin Rahimov (ism-sharifi oʻzgartirildi) oʻzganing nomidagi yengil avtomobilni “Yoʻl harakati qoidalari”ning 12-bandida belgilangan avtomobilni mastlik holatda boshqarmaslik haqidagi talabni buzgan holda rulga oʻtirgani va tezlikni oshirgani uchun yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan toʻxtatildi. Agar u toʻxtatilmaganida yana bir mudhish yoʻl-transport hodisasi sodir etilishi tabiiy edi.
Asliddin Rahimov bu harakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalariga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortildi va Amudaryo tuman Jinoyat ishlari boʻyicha sudi tomonidan BHMning 25 baravari miqdorida, yaʼni, 6 mln. 125 ming soʻm jarima jazosiga hukm etildi. Uning mastlik oqibatida sodir etgan bu huquqbuzarligi oilasiga qimmatga tushdi. Oʻz oila aʼzolarini oz emas, kamida bir oylik rizqdan ayirdi.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶