YeR SAYYoRASI KUNIGA BAGʻIShLANGAN TARBIYaVIY OChIQ FAOLIYaT MAShGʻULOTLARI OʻTKAZILDI
Tarbiya – kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib boradi va avloddan-avlodga oʻtib, har bir jamiyatda oʻziga xos mazmun kasb etadi.
Ayniqsa, maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim bilan tarbiyaning uzviyligini taʼminlash kichkintoylar dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Yaqinda 5-sonli MTTning maktabga tayyorlov “A” guruhida ochiq faoliyat mashgʻulotlari oʻtkazilib, unda mazkur guruh tarbiyachilari Xolida Hayitboyeva va Raya Kungratova tomonidan bir vaqtning oʻzida ham taʼlim, ham tarbiyaviy mashgʻulotlar olib borildi. “Yer sayyorasi kuni” munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirda bolajonlar sayyoralar nomlanishini, ularning shakli, ranglarini oʻrganishdi. Ular Yer sayyorasi – biz yashab turgan muqaddas makon, uni asrab-avaylashimiz, unda daraxtlar, gullar ekishimiz kerakligi haqida tushunchaga ega boʻldilar.
Shuningdek, tadbir davomida bolajonlar tomonidan topishmoq, sheʼr va kuy-qoʻshiqlar aytildi.
Ochiq faoliyat mashgʻulotlari yakunida tarbiyachilar oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. 5-sonli MTT mudirasi X.Oʻrozmetova, uslubchi G.Yoʻldosheva, maktabgacha taʼlim tashkiloti tuman boʻlimi uslubchilari N.Oʻrozmetova, N.Tojimurodovalar ochiq faoliyat mashgʻulotlarining tarbiyaviy ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdilar.
Muyassar Xalillayeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶