29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 16:51
Fan va taʼlim 👁 377

HARBIY XIZMATChI XOTIRASIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

HARBIY XIZMATChI XOTIRASIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI

Mamlakatimizda 9-may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Boisi inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulugʻ. Bugungiday tinch, osoyishta va farovon kunlarimiz uchun kurashganlarning jasoratini, fidoyiligini, xayrli ishlarini yodga olmoq, eʼzozlamoq milliy qadriyatimizga aylandi.

Ikkinchi jahon urushida, mamlakatimiz mustaqilligini himoya qilishda halok boʻlgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, yosh avlodni ularning ezgu xizmatlari bilan tanishtirib borish ham savobli ish. Chunki xotira – insonning insonligini anglatuvchi, uni oʻtmish va istiqbol bilan bogʻlab turuvchi ilohiy rishtadir. Shuning uchun ham mamlakatimizning barcha hududlarida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan koʻpgina xotira tadbirlari, mehnat faxriylari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.

Yaqinda tumanimizdagi 22-sonli maktabda ushbu maktabda taʼlim-tarbiya olgan sobiq bitiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida necha yillar samarali xizmat qilgan va xizmati chogʻida halok boʻlgan kapitan Jumamurod Ahmedovning xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan harbiy sport festivali va xotira turniri  ham shularning biridir.

Ushbu tadbir tuman Xalq  taʼlimi, Mudofaa ishlari boʻlimlari, 22-maktab oʻqituvchilar jamoasi va Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman boʻlimi hamkorligida tashkillashtirildi.

Tadbirni 22-sonli maktab direktori Azimjon Bekberganov ochdi va Jumamurod Ahmedovning yorqin xotirasi haqida gapirdi. Undan barcha yoshlar vatanparvarlik, jasurlik, harbiy burchiga, Vataniga sadoqatni oʻrgansa, ibrat olsa, arziydi, deya taʼkidladi.

Harbiy sport festivalida tuman Mudofaa ishlari boʻlimi xodimi Muzaffar Madreimov, “Vatanparvar” tashkiloti tuman boʻlimi xodimi Azamat Qozoqboyev, Jumamurod Ahmedovning ukasi, 22-sonli maktab yoshlarni chaqiriqqacha tayyorlash fani  oʻqituvchisi Alisher Ahmedovlar soʻzga chiqib, Jumamurod Ahmedov haqida gapirdilar.

Shundan keyin harbiy sport festivali va xotira turniriga start berildi. Unda 22-, 55-, 28- va 59-maktablarning yosh sportchi oʻquvchilari oʻzaro bellashdilar. Bellashuv oʻgʻil va qizlar orasida harbiy estafeta, avtomatni tez yoyish va yigʻish, yaradorlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, pnevmatik miltiqdan oʻq otish, turnikda tortilish, arqon tortishish, yugurish boʻyicha oʻtkazildi.

22-sonli maktab oʻquvchilari ijrosida yurtimizning sodiq oʻgʻlonlari jasoratini madh  etuvchi sheʼrlar ijro etilgach, 5 “A” sinf oʻquvchilari rus xalqining mashhur “Katyusha” qoʻshigʻiga raqsga tushdilar.

Tadbir davomida harbiy sport festivali, xotira turniri shartlarini aʼlo darajada bajargan oʻquvchilar mahoratini hakamlar hayʼati aʼzolari odilona baholab bordilar. Natijalarga koʻra gʻolib jamoalar va qatnashchilar tadbir tashkilotchilaridan biri  “Vatanparvar” tashkiloti tuman boʻlimi va harbiy xizmati chogʻida halok boʻlgan Jumamurod Ahmedovning ukasi Alisher Ahmedov tomonidan ragʻbatlantirildi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026